calendar 14 Aug 16:20
eye 40
comments 0
comments Manba: xs

74 tashkilotning tavsiyanomaga ega boʻlgan talabgorlari 5-sentyabrgacha DTM roʻyxatidan oʻtishi mumkin

image

2020/2021 oʻquv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni respublika oliy taʼlim muassasalarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining roʻyxati tasdiqlangan.

Bayon qaroriga muvofiq:

Davlat test markazi roʻyxatda keltirilgan vazirlik, idora yoki yirik xoʻjalik birlashmasining tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlarni Davlat test markazining veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, istisno tariqasida talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish 2020-yil 15-avgustdan 5-sentyabrga qadar (5-sentyabr kuni ham) amalga oshiriladi.

Roʻyxatda keltirilgan vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmalari tavsiyanoma berilgan talabgorlar hakidagi maʼlumotlar bazasini Davlat test markazining maxsus dasturiga integratsiya qilib boradi.

Bunda, tavsiyanoma berilgan talabgorlarning tasdiqlangan yakuniy roʻyxatlari 2020-yil 6-sentyabrga qadar Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etiladi.

Talabgorlarga tavsiyanomalar belgilangan tartibda ADOLATLI VA SHAFFOF BERILISHI yuzasidan masʼuliyat mazkur roʻyxatda keltirilgan vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklandi.

Eslatib oʻtamiz,

roʻyxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari 2020/2021 oʻquv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkinligi qatʼiyan belgilab qoʻyilgan;

vazirlik, idora yoki yirik hoʻjalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida besh yildan kam boʻlmagan muddatda

faoliyat yuritayotgan xodimlarga (texnik xodimlar mundan mustasno) ushbu vazirlik, idora yoki yirik xoʻjalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma berish shaxsan birinchi rahbar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan;

suhbat natijalariga koʻra sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻqishga tavsiya etilgan talabgorning oʻqishi (sirtqi taʼlim shakli uchun 5 yil, kechki taʼlim shakli uchun 4 yil) uchun toʻlov-shartnoma mablagʻlari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlab berilishi taʼminlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
44
0
xs.uz

Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi — Prezident

Qayd etilishicha, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.'Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan', dedi davlatimiz rahbari.Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ay

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby

20 Mar 12:53
 
48
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t