calendar 12 Aug 15:30
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir

Prezident qarori bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi

image
image

Kecha, 11 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko'ra, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida tashkil etildi. Shuningdek, Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya taʻsis etildi. 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

•    aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo'shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo'lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-maʻnaviy merosini chuqur o'rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib qilish;

•    islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʻrifiy-madaniy roli va rivojlanish yo'nalishlarini ilmiy asosda o'rganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;

•    Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo'shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o'rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag'rikenglik, o'zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;

•    "jaholatga qarshi maʻrifat" g'oyasi asosida islom dinining ilm-maʻrifat, maʻnaviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g'oyalarini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazishdan iborat ekani qayd etildi.

Hujjatda Markaz hamda Taʻlim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Islom olami tashkiloti (ICESCO)ga aʻzo mamlakatlar va boshqa davlatlarning maxsus muassasalari, universitetlari o'rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirish bo'yicha aniq choralar belgilandi. 

Shuningdek, qarorda "El-yurt umidi" jamg'armasi muntazam ravishda Markaz ilmiy xodim va tadqiqotchilarining xorijda amaliyot o'tashi va stajirovkasini tashkil etish bo'yicha amaliy choralarni ko'rishi qayd etib o'tildi.

Moturidiyshunos olimlari xorijiy mamlakatlarda o'tkaziladigan xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etadilar. Markaz muassisligida "Moturidiylik" maʻnaviy-maʻrifiy, ilmiy-adabiy jurnali nashr etiladi. 

Kelgusida "Moturidiylik taʻlimoti va hozirgi zamon" mavzusida konferentsiya va seminarlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, dunyo qo'lyozma fondlarida saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik taʻlimotiga oid qo'lyozma asarlar nusxalari jamlanadi hamda ularning katalogi yaratiladi. Yig'ilgan malumotlar asosida moturidiylik taʻlimotiga oid entsiklopediya tayyorlanadi.

O'zbek va jahon kino ixlosmandlari uchun Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning hayoti va ilmiy merosi haqida badiiy va hujjatli filmlar tayyorlanadi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda dunyoda mavjud 1,9 mlrd musulmon aholining 38 foiz yoki 726 millioni moturidiylik taʻlimotiga amal qiladi. Ular Pokiston, Hindiston, Turkiya, Misr, Rossiya kabi 20 ga yaqin davlatda istiqomat qiladi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi mamlakatda diniy-maʻrifiy sohadagi islohotlarning yangi bosqichi sifatida ulug' alloma ajdodlarning ibratli hayoti va boy ilmi merosini chuqur tadqiq etish, fuqarolar, xususan, yoshlarni ezgu umuminsoniy g'oyalar, muqaddas islom dinining ilm-maʻrifat, halol-poklik, yuksak axloq va ezgulik taʻlimoti asosida tarbiyalash imkonini beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland