calendar 11 Aug 14:30
eye 55
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 11 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1074)
26 0 0

Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 747 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 747 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 46 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida hamda 7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko'tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 712 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 23 704 nafarga yetdi.

Ayni paytda 7 839 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. 

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), Mirzo Ulugbek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 204 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Rossiya yoki Xitoyniki?

O'zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsinalarni o'rganmoqda. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi aʻzosi Rustam Ikromov brifingda maʻlum qildi.

"Ayni kunlarda Rossiya va Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaktsinalar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilyapti. Bugun ham Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaktsinaning qo'llanish jarayoni va samarasi xususida xitoylik va o'zbek mutaxassislari videokonferentsiya orqali fikr almashishdi. Bu muzokaralar natijasidan kelib chiqqan holda mamlakatda vaktsinani qo'llash darajasini hukumatga maʻlum qilamiz" dedi Ikromov.

Eslatib o'tamiz, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bugun koronavirusga qarshi birinchi vaktsina ro'yxatga olinganini eʻlon qilgandi. SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi ilk vaktsinaga "Sputnik V" degan nom berildi.

Rossiyalik mutaxassislarning yordami

Rossiya sog'liqni saqlash vaziri guruh rossiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun O'zbekistonga jo'nab ketishga hozirlik ko'rayotganini maʻlum qildi.

Vatandoshlarni olib kelish

O'zbekiston Rostov viloyatida qolib ketgan fuqarolarni mamlakatga qaytarmoqda. 10 avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd "Pervomayskaya" stantsiyasidan O'zbekistonga jo'nadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,0 milliondan oshdi, 736 ming kishi vafot etdi, 12,2 kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,1 mln), Braziliyada (3,1 mln), Hindistonda (2,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1074)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
36
0
xs.uz

“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'

16 Apr 15:12
 
26
0
xs.uz

“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag

16 Apr 09:12
 
35
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari