“Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi


Parlament yuqori palatasi aʼzolari “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildi.
Qonun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi bir necha obyektiv sabablar bilan bogʻliq. Jumladan, amaldagi 1996-yilda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatda maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini tizimli hal etishni taʼminlay olmaydi. Qolaversa, ushbu masalalar boʻyicha bosqichma-bosqich qaror qabul qilish tartibi mavjud emas.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartib-taomillari ishlab chiqilmagan va tartibga solinmagan. Bu esa oʻz navbatida mazkur masalalarda chuqur tahlil qilinmagan qarorlarning qabul qilinishiga zamin yaratib kelayotir. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari va vazifalari aniq belgilab berilmagan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi normalar belgilanmagan.
Yana bir jihat. Amaldagi Qonun qabul qilinganda 31 moddadan iborat boʻlgan va bugungi kunda ularning 15 tasi turli sabablarga koʻra oʻz kuchini yoʻqotgan.
Majlisda senatorlar mazkur yangi Qonun amaldagi “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonundan bir qator asosiy qoidalarning mavjudligi bilan ajralib turishini qayd etdi.
Xususan, hududiy tuzilish masalalari boʻyicha qaror qabul qilishda davlat organlarining vakolatlari va vazifalari aniq belgilab qoʻyilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish mexanizmlari oʻrnatilgan va mazkur masalalarda maxsus kommissiyalar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish huquqiy normalar asosida belgilanmoqda.
Shuningdek, maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarida qabul qilingan qarorlarga joylarda amal qilinishi mexanizmlari joriy etilmoqda.
Mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika
Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi
Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega
Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi
2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla
Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shugʻullangan shaxslar qoʻlga tushdi
Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi, DXX, IIV va Bojxona xodimlari hamkorligida va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanib kelgan N.A. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 72 000 dona 'sistema infuzion' tibbiy buyumlarini 17 900 AQSH dollari va 30 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning 'KIA' rusumli avtomashinasi hamda Toshkent shahri,