calendar 06 Aug 20:30
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkentda 24 va 81 yoshli ayollar koronavirusdan vafot etdi

image
image

Bugun, 6 avgust soat 23:30 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 220 nafarga oshib, 28 535  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlar:

•  87 nafari Toshkent shahrida;
•  43 nafari Sirdaryo viloyatida;
•  41 nafari Samarqand viloyatida;
•  11 nafari Farg'ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
•  38 nafari esa Toshkent viloyatida chegara post orqali xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 24 yoshli D.A. (ayol), Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 81 yoshli K.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 468 nafar, Toshkent viloyatida 194 nafar, Sirdaryo viloyatida 53 nafar, Buxoro viloyatida 27 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 27 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar, Farg'ona viloyatida ham 14 nafar hamda Navoiy viloyatida 7 nafar, jami 804 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O'zbekistonda 19 587 (+804) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatda 8 771 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
77
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v

23 Mar 16:43
 
66
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan

23 Mar 16:43
 
53
0
xs.uz

Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos

04 Apr 16:19
 
56
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli