calendar 06 Aug 15:10
eye 84
comments 0
comments Manba: daryo

Termiz shahar hokimligi xodimlarining 70 foizidan ortig‘i koronavirusga chalingani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik bunga munosabat bildirdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar hokimligi xodimlarining 70 foizidan ortig‘ida koronavirus infeksiyasi aniqlangani mazmunidagi xabar tarqaldi. Hokimlik matbuot xizmati bu xabarlarga munosabat bildirdi.

“Bugun insoniyat jiddiy sinov bilan yuzlashgan bir paytda koronavirus infeksiyasini yuqtirishdan hech kim istisno emas. Bu kasallikdan hech kim kafolatli himoyalanmagan.

Termiz shahar hokimligi binosiga kiraverishda haroratni o‘lchash skanerlari, dezinfeksiya vositalari qo‘yilgan. Hozirda faqatgina zarur bo‘lgan xodimlargina bevosita ishga jalb etilgan. Mutaxassislarning bir qismi qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarilgan, ayrimlarining esa masofadan turib (onlayn) ishlashi tashkil etilgan.

Termiz shahar hokimligida ishlovchi jami 3 nafar xodimda (70 foizidan ortig‘ida emas!) koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, ularda kasallik simptomsiz kechayotgani uchun uy sharoitida davolanishmoqda. Infeksiya aniqlangan xodimlar uy sharoitida, masofadan ishlayotgan hamkasblarimizdir.

Buni inobatga olib, jamiyatdagi barcha jarayonlarga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizdan COVID-19 pandemiyasi va karantin tadbirlari fonida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan ushbu mazmundagi yolg‘on axborotlarga ishonmasliklarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

Hokimlik axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi guruh administratorlari hamda shaxsiy akkaunt egalariga esa aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo‘lishiga olib keladigan bunday yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish qonun oldida javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o‘tgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 5-avgust soat 23:30 da bergan ma’lumotiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida jami 570 nafar koronavirusga chalinish holatlari aniqlangan. Bemorlarning 434 nafari yoki 76 foizi sog‘aygan bo‘lsa, 6 nafari vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
74
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,77 soʻmga'tushib,'12 910,15 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'40,10 soʻmga'oshib,'14 660,77 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,16 soʻmga'tushdi va'159,78 soʻmni'tashkil qildi.

08 Jun 02:26
 
150
0
xs.uz

Soʻmning dollarga nisbatan qadri oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,54 soʻmga tushdi va 12 831,81 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 66,36 soʻmga pasaydi va 14 606,45 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,30 soʻmga oshib, 163,75 soʻmni tashkil etdi.

17 May 21:47
 
39
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K

13 Jun 00:39
 
32
0
xs.uz

Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisidan fotoreportaj

Kengashning asosiy vazifalari muvaffaqiyatli tajriba va jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlari bo'yicha maslahat berish hamda O'zbekiston Hukumati bilan xorijiy investorlar o'rtasida ochiq muloqotni ta'minlashdan iborat.Davlatimiz rahbari majlisni ochar ekan, kuni kecha o'tgan to'rtinchi Toshkent investitsiya forumining samarali natijalarini qayd etdi hamda kengash a'zolariga Yangi O'zbekiston