calendar 05 Aug 20:40
eye 64
comments 0
comments Manba: sof

O'zbekiston bo'ylab yana 240 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda 2 nafar bemor vafot etdi

image

2020 yil 5 avgust soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 27 554 (+240) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʻtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 461 nafar, Toshkent viloyatida 132 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar hamda Namangan viloyatida 17 nafar, jami 631 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib yurtimizda 18 682 (+631) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 703 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda