calendar 05 Aug 19:30
eye 48
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaktsinatsiya qilish yo'llarini puxta o'rganish topshirig'ini berdi

image
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1058)
645 0 0

Mamlakatda oxirgi bir haftada 5 mingdan ortiq yangi kasal aniqlanib, jami virus yuqtirganlar soni 27 mingtaga yaqinlashdi. Eng yomoni, koranovirusga qo'shimcha tarzda, asorati og'irroq bo'lgan pnevmoniya holatlari ham ko'paymoqda.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig'ilishi o'tkazmoqda. Tadbirda O'zbekiston bo'ylab koronavirus pandemiyasini jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilinmoqda, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Jumladan, oxirgi paytda dunyoda COVID-19 infektsiyasining tarqalishi keskin tezlashib, jami kasallar soni 19 millionga yaqinlashgani, qurbonlar ham ko'paygani afsus bilan taʻkidlandi. Vaziyat g'oyat jiddiyligini 31 iyulda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti pandemiya bilan bog'liq xalqaro favqulodda holatni yana 3 oyga uzaytirgani ham ko'rsatib turibdi.

Mamlakatda oxirgi bir haftada 5 mingdan ortiq yangi kasal aniqlanib, jami virus yuqtirganlar soni 27 mingtaga yaqinlashdi. Eng yomoni, koranovirusga qo'shimcha tarzda, asorati og'irroq bo'lgan pnevmoniya holatlari ham ko'paymoqda.

Ushbu holatni inobatga olib, qo'shimcha choralar ko'rildi. Jumladan, oxirgi 20 kunda koronavirusni davolash o'rinlari 3,5 barobarga ko'paytirildi va qariyb 65 mingtaga yetkazildi. Joylarga qo'shimcha ravishda qariyb 800 ta tez tibbiy yordam mashinalari yetkazib berildi.

Qo'shimcha 4 mingta nafas berish uskunalari (O'SV, portativ sunʻiy nafas berish apparati, kislorod kontsentratori) olib kelinib, ularning soni 6,5 mingtaga yetdi.

"Aholi o'rtasida virus tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolash bo'yicha olib borilayotgan tizimli ishlarni yanada kuchaytirgan holda davom ettirishimiz zarur", – dedi davlat rahbari.

Xususan, Sog'liqni saqlash vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlari koronavirus va pnevmoniyani davolash bo'yicha har tomonlama tayyor bo'lishi, har bir bemorga kerakli tibbiy yordam ko'rsatilishi, ularning holatidan kelib chiqib shifoxonaga yotqizilishi va davolanishi uchun shaxsan javobgar bo'lishi qayd etildi.

Joylardagi birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi ishini yanada jonlantirish kerakligi taʻkidlandi.

 

Maʻlumki, bugun qator mamlakatlar sog'liqni saqlash va farmatsevtika tizimlarida koronavirus davosini topish yo'lida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Misol uchun, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaktsina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinyapti.

Bosh vazir o'rinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, vaktsinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaktsinatsiyasini amalga oshirish yo'llarini puxta o'rganib chiqish topshirig'i berildi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1058)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
128
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

08 Jun 02:26
 
28
0
xs.uz

Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j