“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. Qanday oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda?


Bugun, 4-avgust kuni Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi Ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda ekspertlar ishtirokida parlament yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Muhokamada Qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda taʼlim sohasiga daxldor keng huquqiy imkoniyatlar yuzaga kelishi taʼkidlandi.
Yangi tahrirdagi Qonunga “davlat taʼlim muassasasi”, “davlat taʼlim standartlari”, “davlat taʼlim talablari”, “mutaxassislik”, “tarbiya”, “taʼlim”, “kampus”, “oʻquv dasturi” va “oʻquv rejasi” kabi yangi tushunchalarning mukammal izohi kiritilmoqda.
Bundan tashqari, Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiya masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turini amaliyotda keng qoʻllashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Qonunda taʼlim jarayonida mehnat qilayotgan mutaxassislar, qolaversa, ota-onalarning huquqiy maqomi, ularning ijtimoiy muhofazasiga doir jihatlar hamda majburiyatlariga oydinlik kiritilmoqda.
Shu bilan birga, Qonun 11 yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim, umumtaʼlim maktabi bitiruvchilariga qiziqishlari boʻyicha kasb-hunar oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida taʼlim berish muddati va mazmunining oʻzgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslarga barcha taʼlim turlari boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berilishi ham jamiyatimizda intellektual mulk salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-maʼrifatga doir ish joylarining kengayishiga imkon beradi.
Shuningdek, muhokama chogʻida mazkur Qonun taʼlim tizimini tartibga solish maqsadlariga xizmat qilishi taʼkidlanib, ushbu hujjat yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.
Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk
Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,
Yuksak hamdoʻstlik ifodasi
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan
Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi
Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga