Benyamin Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qoʻymoqda — Rejep Tayyip Erdogʻan


Foto: РИА «Новости»
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qoʻymoqda. Ushbu fikrlarni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan aytib oʻtdi.
“Biz Qatarning Gʻazodagi qisqa gumanitar tanaffus va mahbuslar almashinuvi jarayoniga qoʻshgan hissasini qoʻllab-quvvatlaymiz. Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun mintaqa kelajagini xavf ostiga qoʻymoqda. 17 ming falastinlikning oʻlimi urush jinoyatidir. Bizning ustuvor vazifamiz zudlik bilan doimiy sulh eʼlon qilishdir”, dedi Erdogʻan seshanba kuni Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi sammitida soʻzlagan nutqida.
Isroil va Gʻazo sektorida hukmronlik qilayotgan Falastinning HAMAS harakati Qatar vositachiligida 22 noyabr kuni mojaro avj olganidan beri birinchi keng koʻlamli kelishuvga erishdi. Tomonlar oʻzaro harbiy harakatlarni toʻrt kunga toʻxtatishga kelishib oldilar. Oʻnlab garovga olinganlar va mahbuslar bir-birlari almashildi. Toʻrt kunlik sulh 24-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07.00 da boshlandi, keyin u ikki marta, avvaliga ikki, keyin yana bir kunga uzaytirildi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktyabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.
Isroilda, rasmiylarning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, HAMAS hujumlari oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolari va ishchilarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida Isroil harbiylari Gʻazo bilan chegaraga yaqin boʻlgan barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havodan zarbalar berishni boshladi. Shuningdek, Isroil Gʻazo sektorini toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatildi.
Oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi. Gʻazo shahri Isroilning quruqlikdagi kuchlari tomonidan oʻrab olingan va anklav amalda janubiy va shimoliy qismlarga boʻlingan.
Isroil hujumlari boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 16 mingdan oshdi, 35 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. HAMAS Gʻazo sektorida 200-250 nafarga yaqin odamni garovda ushlab turgani daʼvo qilindi. Sulh tugaganidan keyin Isroil hukumati 126 nafar isroillik va 11 nafar xorijlik HAMAS qoʻlida qolayotganini, garovga olinganlarning 110 nafari esa qoʻyib yuborilganini maʼlum qildi.
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg
“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi
Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac
Buyuk Britaniya ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz qoʻshinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
Britaniya ittifoqchilar tomonidan muhokama qilinayotgan rejalar asosida Ukrainaga besh yil davomida qoʻshin kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida 'The Telegraph' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, Ukraina hududiga qoʻshin kiritish mamlakatga qilinishi mumkin boʻlgan yangi bosqinning oldini olishi hamda Ukraina armiyasini tayyor holatga keltirish va qayta shakllantirishga yordam beradi.Ukraina hududiga kiritilishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarning aniq soni haqida hech qanday ma