calendar 05 Dec 10:52
eye 134
comments 0
comments Manba: zarnews

"Yil imomi – 2023" respublika bosqichi bo'lib o'tdi, g'oliblar orasida Samarqand vakili ham bor

image

Bugun masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-domlalar o'rtasida "Yil imomi – 2023" ko'rik tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan 14 nafar imom-domla bellashdi.

Ishtirokchilar Qurʻoni Karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berishdi. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari va ijodlarini namoyish etishdi.

Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hayʻati tomonidan mezonlar asosida baholandi.

Tanlov natijalariga ko'ra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli o'rinlarga munosib topildi:

1-o'rin – Toshkent shahridagi "Xolid ibn Valid" jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonovga I darajali diplom va Haj safari yo'llanmasi;

2-o'rin – Andijon viloyatidagi "Mirzaxoliq ota" jome masjidi imom-xatibi Muhammadiyxon domla Hojiyevga II darajali diplom va 15 mln. so'm pul mukofoti;

3-o'rin – Samarqand viloyatidagi "Shayx Xudoydod Vali" jome masjidi imom-xatibi Anvar domla Ahmedovga III darajali diplom va 12 mln. so'm pul mukofoti topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash