Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Rossiya Ukraina bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekani aytildi

🔻 Rossiya Ukraina bilan muzokaralar o'tkazishga tayyor. Bu muzokaralar, jumladan, G'arb davlati hududida ham o'tkazilishi mumkin. "Rossiya Federatsiyasi G'arb davlatlaridan birida Kiyev bilan muzokaralar o'tkazishga ruxsat beradi. Katta ehtimol bilan, vositachi roli NATO blokiga aʻzo bo'lmagan davlatga bo'lishi mumkin", deyiladi "Izvestiya" xabarida.
🔻 Qatar, Marokash va Mavritaniya sobiq deputat Piyer Antonio Pantseri va uning yordamchisi Franchesko Giorgi orqali Evroparlamentni manipulyatsiya qilish uchun taxminan 4 million yevro sarfladi. OAV oshkor qilgan hujjatlarda Qatardagi inson huquqlari ahvolini qoralovchi oltita parlament rezolyutsiyasi bekor qilingani hamda Doha va EI o'rtasida vizasiz kelishuvni tasdiqlash ustida ish olib borilgani haqida so'z boradi.
🔻 Parij chekkasida samolyot bulvarga qo'ndi, uch kishidan iborat ekipaj jarohat olgan.
🔻 Pokistonda qarindoshlari raqsga tushgani uchun 18 yoshli qizga shafqatsiz munosabatda bo'lishgan. Bu xayber-paxtunxvalik 18 yoshli qizning nomaʻlum yigit bilan raqsga tushgani aks etgan video internetda tarqalganidan keyin sodir bo'lgan. Videosi internetga tarqalgach, qiz yashagan qishloqdagi qabila kengashi uni va uning dugonasini jazolashga hukm qilgan. Ikkinchi pokistonlik qizni huquq-tartibot idoralari xodimlari qutqarib qolishgan. Ishga aloqador oila aʻzolari hibsga olingan. Faollar rasmiylardan bunday o'zboshimchalikka chek qo'yishni talab qilishmoqda.
🔻 Rossiya prezidenti Putin Braziliyaning 2024 yil kuzida Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tadigan bo'lib o'tadigan G20ga taklif qilinadi, ammo buning oqibatlari bo'ladi. Bahorda Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olishga order bergan edi. U bolalarni Ukrainadan noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblanmoqda. Amerika prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Tszinpin G20 sammitida qatnashmaydi, deydi Bloomberg.
🔻 Gvineya-Bisau prezidenti Oumaru Sisoko Embalo poytaxtda xavfsizlik kuchlari o'rtasidagi so'nggi to'qnashuvlardan so'ng mamlakat parlamentini tarqatib yubordi.
🔻 AQShning Ukrainaga yordam berish uchun puli tugayapti. Yil oxirigacha Qo'shma Shtatlar Ukrainaga yordam berish uchun mablag'siz qoladi. "Kongress chora-tadbirlarisiz yil oxirigacha Ukraina uchun qurol-yarog' va jihozlar sotib olish, shuningdek, AQSh harbiy zaxiralarini jihozlash uchun resurslarimiz tugab qoladi", deb yozgan Oq uy byudjyet direktori.
🔻 Belgiyada - Frantsiya yaqinidagi Diksyumede shahri parrandachilik fermasida yuqori patogenli parranda grippi epidemiyasi aniqlangan.
🔻 Britaniyaning Attenborough qutb kemasi dunyodagi eng katta aysberg bilan yuzma-yuz keldi. Ushbu uchrashuv tadqiqot kemasi bortidagi olimlarga dunyoning haqiqiy mo'ʻjizalaridan birini yaqindan ko'rish imkonini berdi. Aysberg Londondan ikki baravar katta.
🔻 Qadimiy jihozlar ishqibozi Erik Nayt eski uslubdagi baland g'ildirakli velosipedda Yaponiyaning Nagasakisidan Yokogamagacha 1500 kilometr masofani 32 kunda bosib o'tdi.
🔻 Qrim Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet AQSh prezidenti Jo Bayden nomidagi medalni taʻsis etish va u bilan Rossiya Federatsiyasi "xoin"larini taqdirlashni taklif qilgan.
🔻 Armaniston fuqarolari o'qotar qurollarni erkin olib yurish huquqiga ega bo'ladi. Ayrim muhokamalardan so'ng qonunchilik tashabbusi doimiy deputatlik komissiyasining ijobiy xulosasini olgan.
Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi
Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold
Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi
Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin