calendar 01 Dec 16:23
eye 121
comments 0
comments Manba: xs

Qamashilik fermer xorijga brokkoli eksport qilmoqda

image

Foto: “Xalq soʻzi”

Soʻnggi yillarda Qashqadaryo viloyatida gʻalladan yoki boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan boʻshagan maydonlarda takroriy ekin sifatida brokkoli yetishtirish tobora ommalashib bormoqda.

Qamashi tumanida faoliyat yuritayotgan “Nurmanova Xurshida” sabzavotchilik fermer xoʻjaligi rahbari Sherzod Mahmatmurodov ham bir necha yildan buyon brokkoli yetishtirib, undan yaxshi daromad olyapti.

Brokkoli gulkaramning bir turi boʻlib, eng servitamin va parhezbop sabzavotlardan hisoblanadi, — deydi Sherzod Mahmatmurodov. – Shu sabzavotni yetishtira boshlagach uning tarixi, foydali xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni qiziqib oʻrgandim. Manbalarga koʻra, brokkolini ilk bor italiyaliklar isteʼmol qila boshlashgan va u dastlab “Italiya sarsabili” deb atalgan ekan. Keyinchalik “brokkoli” degan nom bilan yuritilgan. Toʻgʻri, ayni vaqtda brokkoli isteʼmoli yurtimizda unchalik ommalashmagan, lekin jahon bozorida juda xaridorgir. Biz ham yetishtirgan mahsulotimizning asosiy qismini eksportga yoʻnaltiryapmiz.

Fermerning qoʻshimcha qilishicha, bizdagi iqlim va tuproq sharoiti brokkoli yetishtirish uchun juda qulay. Ayniqsa, gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekilganida ham yaxshi samara beradi. Baʼzida kuzning oʻrtalariga borib yogʻin-sochinli, sovuq kunlar boshlanib qolishi mumkin. Bunday paytda hali toʻliq pishib yetilmagan ayrim takroriy ekinlar oʻz-oʻzidan nobud boʻladi. Biroq brokkoli sovuqqa juda chidamli. Hatto minus 2 darajagacha sovuqda ham nobud boʻlmaydi. To qishga qadar uning hosilini yigʻib, bemalol saranjomlab olishingiz mumkin.

— Fermer xoʻjaligimizning umumiy yer maydoni 18 gektarni tashkil etadi, — deydi Sherzod Mahmatmurodov. — Bu joyda poliz va sabzavot mahsulotlarining deyarli barcha turlaridan yetishtiramiz. Imkon qadar yerni bir kun ham boʻsh qoldirmaymiz. Bir ekin hosili olindimi, darhol yerni tayyorlab, oʻrniga mavsumga mos boʻlgan keyingi ekin ekiladi. Oʻtgan yili 2 gektar maydonda takroriy ekin sifatida brokkoli yetishtirgandik. Umumiy hisobda 33 tonna hosil olib, mahsulotni eksportchi korxonalar orqali toʻliq tashqi bozorga chiqarishni uddaladik. Shu bois bu yil 10 gektar yerga brokkoli ekdik. Bu yil har gektaridan 20 tonnadan hosilni chamalab turibmiz. Bundan tashqari, toʻqsonbosti usulida 20 sotix joyga toshkaram, yana shuncha maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz ekdik.

Sherzod Maxmatmurodov xoʻjalikning yana bir yutugʻi haqida aytib qoldi. Oʻtgan yillar xoʻjalikda yetishtirilgan mahsulotni eksportchi korxonalar orqali xorijga sotgan boʻlsa, joriy yildan boshlab bu ishni oʻzi amalga oshirayotgan ekan.

Bu yil 100 ming dollarlik mahsulotni xorijlik hamkorlarimizga yetkazib berishni uddaladik, — deydi u. — Kelgusi yildan boshlab bu miqdorni bir necha barobar oshirmoqchimiz. Shu bois hozir yerga shunchaki ekin ekish emas, xorij bozorlarini puxta oʻrganib, eng talabgir mahsulotlarni yetishtirishni maqsad qilganmiz.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland