Oʻzbekiston Prezidenti choʻllanishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Iqlim oʻzgarishi boʻyicha sammit doirasida BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻtgan oyda Samarqand shahrida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari delegatsiyalari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan BMTning Choʻllanish boʻyicha konvensiyasini amalga oshirish qoʻmitasining 21-sessiyasi sermahsul boʻlgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
2024-yilda Saudiya Arabistonida boʻlajak konferensiya davomida Chang va qum boʻronlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish masalasini birgalikda ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo iqlim oʻzgarishi universiteti negizida ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar oʻtkazish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahriga tashrifi yakunlandi
Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, Imom Moturidiy va Mahdumi Aʼzam majmualarini qayta taʼmirlash loyihasi davlat rahbariga taqdimot qilindi.Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 'Buyuk ipak yoʻli' xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.Shuningdek, davlatimiz rahbari Sa