70 nafardan ziyod xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor Buxoroda yilning eng ilgʻor ayoli deb topildi


Foto: “Xalq soʻzi”
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi “Oʻzanon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi Munavvar Ilhomova oilada yagona farzand sanaladi. Ota-onasining nogironligi bor. Roʻzgʻor tashvishlari shu qiz zimmasida. Qishloqlarimizda esa bilasiz, ayollarbop ish hadeganda topilavermaydi. Ammo Munavvarga qay bir maʼnoda omad kulib boqdi.
Oʻzanonda Mavjuda Allayeva degan ayol yashaydi. Tadbirkor. Tinib-tinchimas, izlanuvchan. Uning chogʻroq boʻlsada tikuvchilik korxonasi bor. Shu tadbirkor Munavvarga qayishdi. Ishga qabul qildi. Endi qizning buguniyu ertasidan koʻngli toʻq. Ishli boʻldi. Maosh olayapti. Ota-onasi ham xursand. Farzandning ota-onaga qoʻl-qanot boʻlgani yaxshida.
— Mavjuda Allayeva tashabbusi bilan faoliyat boshlagan bu korxonada yetmish nafardan ziyod kishining bandligi taʼminlandi, — deydi mahalla xotin-qizlar faoli Mehrigul Ashurova. — Bundan tashqari, hududimizda yosh bolali yoki salomatligi tufayli uyda oʻtirib qolgan ayollar ham yoʻq emas. Ularning oʻttiz — oʻttiz besh nafarini Mavjudaxon kasanachilik asosida ishga jalb etgan. Bu yerda ishlayotganlar orasida “ayollar daftari”, “ yoshlar daftari”da turganlar ham bor.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomida faoliyat yuritayotgan M. Allayevaning korxonasi zamonaviy tikuv mashinkalari bilan jihozlangan. Bu yerda milliy kiyim-kechaklar, toʻybop sarpolar tikilmoqda. Korxona mahsulotlariga xorijdan, aniqrogʻi, Tojikistondan ham buyurtmalar tushmoqda. Muhimi, bir kichik korxona sharofati bilan oʻzanonlik oʻnlab ayollar ishlab, roʻzgʻorlariga daromad keltirish imkoniga ega boʻldilar. Mavjuda Allayevaga kelsak, yaqinda u “Yil ayoli” milliy tanlovi viloyat bosqichida “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.
Istam IBROHIMOV,“Xalq soʻzi”.
Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi
Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t
Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal