Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi navbatdagi qadamlarni kelishib oldilar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni BAAga amaliy tashrif doirasida Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston bilan Moʻgʻuliston oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻtgan yil sentyabr oyida Samarqandda oʻtgan uchrashuv kelishuvlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzaro savdodagi ijobiy surʼat mamnuniyat bilan qayd etildi. Chorvachilik, oziq-ovqat, charm, agrar, toʻqimachilik va boshqa tarmoqlarda hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Avtomobil va havo kommunikatsiyalari, turizm, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda shartnoma-huquqiy asoslarni takomillashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Kelgusi yilda qoʻshma Hukumatlararo qoʻmita va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishlarini oʻtkazishga kelishildiUshbu uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga ahdlashib olindi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Jangchi qizning jasorati
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Bundan roppa-rosa bir asr avval, yaʼni 1925-yilning yoz oylari. Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumanidagi Verxniy Saltov qishlogʻida istiqomat qilayotgan ziyoli oilalarning birida qizaloq dunyoga keldi. Oila boshligʻi Andrey Ivanovich Pixota maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlardi. U farzandlarini ham ilmli, ziyoli insonlar etib tarbiyalashga katta eʼtibor qaratdi. Xususan, qizaloq Vera besh yoshidan nemis tilini oʻrgana boshladi. U 10 ' 12 yoshlar
Rossiyalik oʻquvchilar Oʻzbekiston oromgohlariga keladi
Viloyat oʻquvchilari uchun oromgohlariga sayohatlar tashkil etilishi haqida gubernator Oleg Kojemyako Navroʻz munosabati bilan tashkil etilgan bayramda maʼlum qilgan.'Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun Oʻzbekistondagi lagerlarga joʻnatamiz. Hamkorligimiz uzoq va mustahkam boʻlishi uchun barcha ishni qilamiz', degan u.Tadbirda madaniyat doʻstlikning eng yaxshi elchisi ekanligini taʼkidlanib, bunday hamkorlikdagi ishl
Shavkat Mirziyoyev birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi yakunida Hazrati Hizr majmuasida boʻlib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo oʻqildi.Marhumlarning yaxshiliklarini eslash, qabristonlarni obodonlashtirish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan. Ushbu maqbara ham Prezidentimiz boshchiligida qurdirilgan, aziz ziyoratgohga aylantirilgan. Muborak Ramazon oyida bunday ezgu amallar barcha joylarda yorqin namoyon boʻlmoqda.