calendar 01 Dec 12:23
eye 189
comments 0
comments Manba: xs

Yangi MTT binosi bolajonlar ixtiyorida

image

Samarqand viloyatiga 2023 yildagi davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari uchun davlat byudjetidan 2,1 trln. soʻm ajratish belgilangan.

Ushbu mablagʻning 394,9 mlrd. soʻmi mahalla infratuzilmalarini yaxshilash boʻyicha davlat dasturiga, 1,1 trln. soʻmi investitsiya dasturi, 273,5 mlrd. soʻmi “Tashabbusli byudjet”ning 2023 yil 1-mavsumiga hamda 273,5 mlrd. soʻmi maxsus dastur hisobiga toʻgʻri keladi.

Dasturlar doirasida 2,1 trln. soʻm mablagʻga 1424 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi   rejalashtirilib, bugungi kunda 1,8 trln. soʻm moliyalashtirildi hamda 1,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda 1247 ta (88 foiz) obyektlar foydalanishga topshirildi.

Kuni kecha Payariq tumani “Yangiobod” mahallasidagi 12-maktabgacha taʼlim tashkilotining 200 oʻrinli yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Mazkur binoda zamon talablariga mos tarzda jihozlangan mashgʻulot xonasi, mudira xonasi, hamshira xonasi, oshxona, oshpazlar xonasi, bolalar yotoqxonasi va ingliz tili, rus tili xonasi, psixolog, logoped hamda alohida metodist xonalari mavjud. Bundan tashqari tashkilot hovlisida bolalar oʻyin maydonchalari va qum maydonchalari tashkil etilgan.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti yangi binosining ochilish marosimida tuman hokimiligi, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda soʻz olganlar, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash, ularning toʻlaqonli hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish oldimizga qoʻyilgan eng dolzarb vazifa ekanligini alohida taʼkidladi.

Maʼlumot uchun, ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti ham 2023 yil “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida gʻolib tashabbuslar qatoridan joy oldi va toʻliq taʼmirdan chiqarilib, bolajonlarni ixtiyoriga topshirildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, “Tashabbusli byudjet”ning 2023 yil 1-mavsum Dasturi doirasida viloyatda 273,5 mlrd. soʻm   mablagʻ evaziga 290 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilib, bugungi kunda 241,7 mlrd. soʻm moliyalashtirildi hamda 229,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
66
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan

20 Mar 12:54
 
49
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

23 Mar 16:43
 
53
0
xs.uz

Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos

04 Apr 16:19
 
56
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli