calendar 01 Dec 11:27
eye 141
comments 0
comments Manba: xs

Navoiyda turizmga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi

image

Bugun mamlakatimiz hududlarida zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, ichki va tashqi sayyohlikni keng targʻib qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha boʻlib, daromadliligi jihatidan dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Muhimi, kam xarajat bilan koʻp ish oʻrinlari yaratish imkonini beradi.

Betakror qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, oʻziga xos tabiat olami mavjudligi bilan Navoiy viloyati ham turizmni rivojlantirish uchun qulay hududlardan biri. Viloyatda 70 dan ziyod arxitektura, 306 ta arxeologiya va 45 ta monumental obyektlar mavjud. Shuningdek, sayyohlarni nafaqat ushbu tarixiy-meʼmoriy obyekt va ziyoratgohlar, balki hududning oʻziga xos hayvonot olami, sarhadsiz qumliklardan iborat choʻllari va serviqor togʻlari, lojuvard koʻllari ham oʻziga jalb etadi. Albatta, bu imkoniyatlar sohaning shunga mos ravishda xalqaro andozalar darajasida sayyohlik xizmati koʻrsatishini taqozo etadi.

Viloyat hokimligi va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamkorlik loyihasi asosida rossiyalik va qozogʻistonlik hamkorlar ishtirokida boʻlib oʻtgan “Turizm sohasi milliy iqtisodiyotning muhim drayveri” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda shu jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek konferensiyada Oʻzbekistonda ichki va kiruvchi turizmni barqaror rivojlantirish surʼatlari va sohada kadrlar tayyorlash siyosati, Yangi Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali turizm xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish kabi mavzularda muhokama va munozaralar oʻtkazildi.

— Anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad turizm sohasini milliy iqtisodiyotning muhim drayveri sifatida rivojlantirishning nazariy-metodologik masalalari borasida xalqaro tajribalar oʻrtoqlashishdan iborat, — deydi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Iskandar Toʻxliyev. — Uning Navoiy viloyatida oʻtkazilishi bejiz emas. Boisi, hudud oʻz sayyohlik jozibadorligi bilan har ikki qoʻshni viloyatlardan (Samarqand va Buxoro) qolishmaydi. Shu sababdan Navoiy viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirishda tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosidan oqilona foydalanish, tashrif buyuruvchi turistlar oqimini koʻpaytirishning yangi yoʻnalishlari borasida fikrlar koʻproq oʻrtaga tashlandi.

Anjumanda turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish masalalari yuzasidan tajribalar oʻrtaga tashlanib, tavsiyalar ishlab chiqildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
49
0
xs.uz

Rossiyalik oʻquvchilar Oʻzbekiston oromgohlariga keladi

Viloyat oʻquvchilari uchun oromgohlariga sayohatlar tashkil etilishi haqida gubernator Oleg Kojemyako Navroʻz munosabati bilan tashkil etilgan bayramda maʼlum qilgan.'Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun Oʻzbekistondagi lagerlarga joʻnatamiz. Hamkorligimiz uzoq va mustahkam boʻlishi uchun barcha ishni qilamiz', degan u.Tadbirda madaniyat doʻstlikning eng yaxshi elchisi ekanligini taʼkidlanib, bunday hamkorlikdagi ishl

23 Mar 16:44
 
44
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi yakunida Hazrati Hizr majmuasida boʻlib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo oʻqildi.Marhumlarning yaxshiliklarini eslash, qabristonlarni obodonlashtirish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan. Ushbu maqbara ham Prezidentimiz boshchiligida qurdirilgan, aziz ziyoratgohga aylantirilgan. Muborak Ramazon oyida bunday ezgu amallar barcha joylarda yorqin namoyon boʻlmoqda.

12 Apr 21:15
 
32
0
xs.uz

Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tarixiy Assambleya Oʻzbekiston parlamenti mezbonligida oʻtkazildi va unda taxminan 130 davlatdan 1400 ga yaqin delegat, shu jumladan 740 nafar parlament aʼzosi, shuningdek 50 dan ortiq xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker oʻrinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomat

20 Mar 12:54
 
43
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik