Narpaydagi 17-umumtaʼlim maktabi bitiruvchilarining hammasi talaba boʻldi


Narpay tumanidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabida bugungi kunda 1130 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ularga 74 nafar oʻqituvchi dars beradi. Muallimlarning 15 nafari oliy toifaga ega. 2022-2023 oʻquv yilida maktabni 17 nafar bitiruvchi tamomlagan boʻlib, ularning barchasi oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirdi va bu borada 100 foizlik natijaga erishildi. Ahamiyatlisi, bitiruvchilarning 5 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarga ega boʻlib, davlat granti asosida nufuzli oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirdi. Qolgan 12 nafari toʻlov shartnoma asosida talaba boʻldi.
Albatta, bunday natijaga erishish oson emas. Bu, avvalo, ota-onalarning farzandlariga bergan tarbiyasi, oʻquvchilarning qiziqishlari, intilishlari va ustozlarning mehnatlari samarasidir.
— Avvalo, biz maktabdagi darslarning sifatiga alohida eʼtibor beryapmiz, — deydi maktab direktori Marhabo Jabborova. — Ammo oʻquvchini qoʻshimcha toʻgaraklarga jalb etmasak yaxshi natija koʻrsatish qiyin. Shuning uchun maktabimizda 39 ta fan va sport toʻgaraklari tashkil etilgan. Ularning barchasi bepul xizmat koʻrsatadi. Maktabda oʻqituvchilarning har bir erishgan natijasi monitoring qilib boriladi. Samarali mehnat qilayotgan ustozlar munosib ragʻbatlantiriladi. Shuningdek, pullik xizmat koʻrsatuvchi 2 ta oʻquv markazning filiali uchun ham maktabdan joy ajratilgan. Oʻquvchilar pullik toʻgaraklarda qoʻshimcha taʼlim olish istagida boʻlsa ham maktab hovlisidan tashqariga chiqmaydi.
Tumanda bugungi kunda 70 ta maktab boʻlib, 2022-2023 oʻquv yilida bu taʼlim muassasalarini 2295 nafar oʻquvchi tamomlagan. Ularning 191 nafari grant asosida, 495 nafari esa kontrakt asosida oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilingan. Hammasi boʻlib, 686 nafar bitiruvchi talaba boʻlish sharafga muyassar boʻldi. Shu tariqa Narpay tumani oʻquvchilarning oʻqishga kirishi boʻyicha viloyatda uchinchi oʻrinni egalladi.
Kelgusida bundanda yaxshiroq natijalarni qoʻlga kiritish maqsad qilingan.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg