calendar 01 Dec 05:23
eye 99
comments 0
comments Manba: xs

Amerikaga yuborish bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi — DXX

image

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Jumladan, DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi, 1979-y.t. shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishni vaʼda qilib, 25 ming AQSH dollari talab qiladi. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Pastdargʻom tumanida yashovchi, 1991-y.t. shaxs Kattaqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi, 1996-y.t. tanishi bilan kelishgan holda, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yoʻnalishi orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 23 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, ular oldindan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida yashovchi, 1999-y.t. shaxs Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
33
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi

20 Mar 12:53
 
41
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

15 Apr 07:06
 
21
0
xs.uz

Prezident xalqaro turizm markazining master-rejasini ko‘rib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni 'Sea Breeze Uzbekistan' xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanishdi.Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti tufayli barcha sohalarga ilg'or g'oyalar kirib kelmoqda, yangi majmualar barpo etilmoqda. Xususan, turizmda so'nggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O'tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Birgina Toshkent viloyatining Bo'stonliq hududida Amirsoy va 'Ugam River' kabi kurort

21 Apr 08:33
 
20
0
xs.uz

“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi

Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig