Surxondaryoda tadbirkorlik subyekti tomonidan tabiatga 52 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi


Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Sangardak Tosh” MCHJda tegishli tartibda ekologik tekshiruv oʻtkazildi.
Tekshiruv davomida “Sangardak Tosh” MCHJga qarashli Sariosiyo tumani “Anorzor” mahallasida joylashgan “Tosh saralash va maydalash” sexi tomonidan tuman hududidan oqib oʻtuvchi “Obizarang” daryosi yoqasidan qum-shagʻal xomashyosi noqonuniy tarzda qazib kelinganligi aniqlandi.
Bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi” Qonunning 33-36-40-moddalari, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-18-moddalari, “Yer kodeksi”ning 40-79-90-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 3841-sonli qarori talablari buzilgan.
Holat yuzasidan “Sangardak Tosh” MCHJ rahbari M.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70 prim 1-moddasining 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, tabiatga 52 million 260 ming soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Belgilangan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida toʻplangan hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qis
“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Qoʻmita maʼlumotlarida qayd etilishicha, joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. Bu raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublikaning doimiy aholisi soni 2 foizga oshganini koʻrsatadi.Keltirilishicha, Oʻzbekiston aholisi 2025-yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga koʻpaygan. Bu mamlakatda aholi soni (joriy yilda) har oyi oʻrtacha 51,5 ming kishiga, har kuni esa oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda degan
Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi
Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, 'Istiqbol' MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmol