
Mamlakatimizda yetishtiriladigan paxta tolasining salmoqli qismi Qashqadaryo viloyati hissasiga toʻgʻri keladi. Bu esa hududning yengil sanoatni jadal rivojlantirish va mazkur sohada koʻplab ish oʻrinlari yaratish borasida katta salohiyatga ega ekanligini anglatadi.
Ammo koʻp yillar mobaynida ana shu imkoniyatlar deyarli ishga solinmay, yetishtirilgan tola asosan xomashyo sifatida boshqa hududlar va xorijiy mamlakatlarga joʻnatilar edi.
Soʻnggi yillarda yetishtirilgan xomashyoni viloyatning oʻzida qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada yengil sanoat viloyat iqtisodiyotining strategik muhim va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Bu esa minglab yangi ish oʻrinlarini yaratish, faoliyatdan bir necha barobar koʻproq daromad olish imkonini berayotir.
Kitob tumanida faoliyat yuritayotgan “Kitob ip yigiruv” AJ faoliyati bunga yaqqol misoldir. Bundan 10 yil avval ushbu korxona iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan, deyarli faoliyat koʻrsatmayotgan edi. Bu sohaga qaratilgan eʼtibor, tatbiq etilgan imtiyoz va imkoniyatlar jamiyat taʼsischilarini ham yangi tashabbuslarga ilhomlantirdi.
Shu tariqa korxona faoliyatida yangi davr boshlandi. Korxona Germaniya texnologiyasi asosida toʻliq qayta jihozlanib, zamonaviy sifat va andozalar asosida yiliga 7200 tonnagacha kalava ip ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.
— Ayni paytda korxonada kalava ip ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamrab olingan, — deydi “Kitob ip yigiruv” AJ sex boshligʻi Rauf Maxmarizayev. — Masalan, klaster usulida paxtani oʻzimiz yetishtiramiz. Xomashyo paxta tozalash zavodida dastlabki qayta ishlanib, chigiti ajratilgach, bu yerga olib kelinadi. Bu yerda esa u yana bir marotaba maxsus texnologiyalar yordamida tozalanib, saralangach, yigiruv sexiga oʻtkaziladi. Undan keyingi bosqichda esa tayyor ip maxsus oʻlchamlar asosida oʻralib, qadoqlanadi va sotuvga tayyor holatga keltiriladi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot xalqaro bozor talablariga mos. Shu bois ham bu yerda yigirilgan ip-kalavaning atigi 30 foizi ichki bozorga yoʻnaltirilayotgan boʻlsa, 70 foizi Turkiya, Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
Eʼtiborli tomoni, ushbu faoliyat ortidan 330 nafar kishining doimiy ish bilan bandligi taʼminlangan. Korxona jamoasi esa faoliyatdan kelayotgan daromadni yana yangi-yangi loyihalarga yoʻnaltirmoqda. Xususan, joriy yil boshida korxona tomonidan Qarshi shahridagi “Buyuk Turon” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 3 million dollarlik, yiliga 5 million dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega tekstil korxonasi foydalanishga topshirilgan edi. Ayni paytda korxonada 300 nafardan ziyod mahalliy aholi vakillari mehnat qilmoqda.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi
Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad
Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga nechta yengil avtomobil toʻgʻri keladi?
Milliy statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarining dastlabki maʼlumotlari eʼlon qilindi.Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 58 tani tashkil etgan.100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar sonini yillar kesimida hisoblaganda 2010-yilda 21 ta, 2015-yilda 42 ta, 2020-yilda 49 ta hamda 2024-yilda 58 tani tashkil qilgan.Ushbu maʼlumotlardan koʻrish mumkinki, 100 t
Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz – Prezident
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli forum ishtirokchilari!Xonimlar va janoblar!Barchangizni bugungi davrdagi asosiy tahdid ' global iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan konferensiyamizda chin yurakdan qutlayman.Hurmatli hamkasblarim ' Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan qatnashayotgan bizning ishonchli hamkorlarimiz, xalqaro moliya institutlari, global va milliy ekologik tashkilotlar vakillariga ushbu tadbirda ishtirok etayot
Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
Samarqandda 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammiti oʻz ishini boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev delegatsiyalar rahbarlarini qutladi.'