Oilaviy mehmon uylari, xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (622-son, 27.11.2023 y.) bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila aʻzolari bilan birga yashash tamoyili bo'yicha bir vaqtning o'zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilar (turistlar)ga vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to'g'ri keladigan turar joy maydoniga ega bo'lgan xususiy uy-joy obʻyekti.
Nizomga ko'ra, mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qo'mitasi tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritish va reyestrdan ko'chirma berish orqali tashkil etiladi.
Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli sharoitlar yaratilgan bo'lishi shart.
Qaror bilan, shuningdek, mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlarni reyestrga kiritish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning maʻmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Bunda mehmon uyi, xostel, o'tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:
➖Davlat xizmatlari markaziga shaxsan o'zi kelib murojaat etadi;
➖yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ro'yxatdan o'tadi.
So'rovnoma to'ldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Turizm qo'mitasining hududiy bo'linmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida ko'rib chiqadi hamda o'rganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash