Namangan viloyatida gaz taʼminoti filialiga qarashli maishiy gaz ballonlari fuqarolar xonadonlarida noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi


Joriy yilning 27-noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari va “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari bilan Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda fuqarolar xonadonlarida saqlanayotganligi aniqlandi.
Xususan, Chust tumani, Sebzor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.N. xonadonida gaz taʼminoti filialiga qarashli boʻlgan, aholi xonadoniga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 49 dona maishiy gaz balloni noqonuniy tarzda saqlanib, aholiga har birini 80 ming soʻmdan sotayotgani maʼlum boʻlgan.
Bu kabi holat ushbu tumanning Yangi Bogʻishamol mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro F.M. xonadonida 45 dona, Sabzazor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.M. esa 75 dona maishiy gaz ballonini noqonuniy tarzda saqlab, suyuq gaz savdosi bilan shugʻullanayotgani aniqlandi.
Mazkur qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora koʻrish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby
Namanganda 16 yoshli qiz boshqargan mashina kanalga tushib ketdi
Namangan viloyatida 'Spark' kanalga tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Ushbu tumanda yashovchi fuqaro oʻzining boshqaruvidagi 'Spark' rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan
Xitoy Raisi Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi
O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident janoblari!Xitoy taqvimi bo'yicha Yangi yil bayrami munosabati bilan yo'llagan tabrigingiz uchun Sizga samimiy minnatdorligimni izhor etaman.O'zbek xalqining an'anaviy Navro'z bayrami munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizga, O'zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman.Ming yillik tarixga ega Navro'z bahor kelishi va tabiat uyg'onishini ifodalab, o'zbek xalqining bax