
Gulmira Razikova, tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD):
— Allergik alveolit — oʻpka yalligʻlanishi bilan kechadigan kasallik. Ammo uning belgilari boshqa xastaliklar bilan juda oʻxshash. Isitma, yoʻtal, nafas yetishmovchiligi, holsizliq, charchoq, mushaklardagi ogʻriqlar shular jumlasidan.
Ayni sababdan maxsus diagnostik vositalar, laborator tekshiruvlar va tor soha mutaxassislari koʻmagisiz bu kasallikni aniqlash ham, davolash ham mushkul.
Bolalarda allergik alveolit kattalarga qaraganda kamroq uchrasa-da, biroq oʻtkir shaklda kechadi. U asosan 2 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar orasida kuzatiladi.
Xastalik qoʻzgʻatuvchisi pichan, qush va parranda patlari va axlati, zamburugʻ sporalari, uy, sabzavot va qahva changi, dorilar hamda boshqa kimyoviy va organik moddalar hisoblanadi.
Mazkur allergenlar juda kichik hajmda boʻlgani tufayli bronxlar va traxeyada oʻrnasholmaydi va asosan oʻpka alveolalarida joylashadi. Oqibatda allergik reaksiya chogʻida oʻpka yalligʻlanib, xuddi grippga chalingan bemorlardagi singari nafas siqishi, yoʻtal, quruq balgʻam ajralishi, tana harorati koʻtarilishi kabi holatlar kuzatiladi.
Alveolitning oʻtkir shaklida kasallik belgilari allergenlarning davomiy taʼsiri tufayli yuzaga keladi.
Dastlab bola umumiy zaiflik, titroq va bosh ogʻrigʻidan shikoyat qiladi. Ushbu alomatlar oʻtkir respirator virusli infeksiyalar alomatlariga oʻxshaydi. Bu esa oʻz vaqtida tashxis qoʻyish jarayonini qiyinlashtiradi.
Soʻng kichik yoshli bemor quruq yoʻtal va nafas qisishidan aziyat cheka boshlaydi. Allergen bilan aloqa toʻxtatilgach, yaʼni bola toza havoga chiqqach, ahvoli yaxshilanib, alomatlar sezilarli darajada kamayishi va 2-3 kun oʻtib butunlay yoʻqolib ketishi ham mumkin.
Xastalikning davomli shakli yengil yoʻtal va nafas qisishi bilan tasniflanadi. Bunda bemor allergen bilan aloqani toʻxtatgach, tiklanish jarayoni bir necha hafta davom etadi.
Biroq allergen bilan aloqa muntazam davom etsa, bora-bora xastalik rivojlanib, surunkali shaklga oʻtadi. Oqibatda nafas qisishi va balgʻam ajralishi bilan kechadigan yoʻtal doimiy tusga kiradi.
Toʻqimalarning yetarli kislorod bilan toʻyinmasligi oqibatida barmoqlar boʻgʻimlari deformatsiyasi yuzaga keladi.
Vaqt oʻtgan sayin bemorning ahvoli ogʻirlashib, horgʻinlik, zaiflik, ishtaha pasayishi, vazn yoʻqotishi, mushaklardagi ogʻriqlar kuchayadi.
Xastalikning surunkali shaklida bemor allergiya qoʻzgʻatuvchi moddalar bilan roʻbaroʻ kelmasa, alomatlar vaqtincha kamayishi mumkin, ammo ular butunlay yoʻqolmaydi.
Kasallik alomatlari kuzatilganda, allergolog-immunolog mutaxassisga murojaat qilish lozim.
Oʻzbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 mln dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi
Oʻzbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 million dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi.Bu hali kamligi qayd etilib, 9 ta davlat banki 3 ta venchur kompaniya ochib, 50 million dollarlik fond shakllantirgani biznesni boshlayotgan tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyat ekani taʼkidlandi.'Eng muhimi, bunday loyihalar iqtisodiyotga yangi yoʻnalish, texnologiya, innovatsiya va yuqori qoʻshilgan qiymat olib kiradi. Startap orqali yaratilgan yuqori samarali innovatsion mah
Shavkat Mirziyoyev mahalladagi bayram saylida qatnashdi
Yurtimizning barcha joylarida Navro'z ayyomi ko'tarinki ruhda kutib olinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashdi.Xizmat ko'rsatish va savdoga ixtisoslashgan mahallada 4 ming nafar aholi yashaydi. Bandlikni ta'minlash bo'yicha yangi tizimga muvofiq, banklar ishtirokida mahallaning ichki imkoniyatlari yuzaga chiqarilmoqda.''O'tgan yili yuzga yaqin aholi ishga joylashtirilgan, 256 nafari o'zini o'zi band qilgan, 13'
“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi
Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig
“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig'i To'ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.'Dual ta'limda Germaniya tajribasi', 'Dual ta'limni tashkil etishda korxonalarning o'rni', 'Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta'lim muassasalari integratsiyasi', 'Farg'ona viloyat