calendar 30 Sep 13:27
eye 53
comments 0
comments Manba: xs

Energiya samaradorigini oshirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’milash masalasi muhokama markazida bo‘ldi

image

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman hokimi E. Avazov hamda hokimning birinchi o‘rinbosari I. Boboqulovlarning axborotlari eshitildi.

Sessiya yig‘ilishida deputatlar mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, muqobil energiyadan unumli va samarali foydalanish borasida chora-tadbirlar ko‘rilayotgani, mazkur sohaga yetarli mablag‘lar ajratilayotgani, joylarda bu ishlarni samarali tashkil etish uchun shart-sharoitlar va huquqiy asoslar yaratilayotganligini alohida qayd etdilar.

Jarqo‘rg‘on tumanida ham bu sohada tizimli ishlar amalga oshirilayotganiligi ta’kidlandi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 136,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 64 dona transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Kuz-qish mavsumida 34,3 mingta aholiga 3,3 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi xonadonlarida bosqichma-bosqich quyosh panellari o‘rnatish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarida isitish qozonxonalarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish sohasidagi ishlarda kamchiliklar mavjudligi deputatlar tomonidan tanqid ostiga olindi.

Yig‘ilishda deputatlar elektr energiyasi tizimini barqaror ishlashini taminlash borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasidan oqilona, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishlariga yo‘naltirilgan amaliy tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazib borish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Sessiyada shuningdek, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga tumanda ustuvor ahamiyat qaratilayotgani qayd etildi.

Sessiya ishtirokchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash maqsadida muzlatgichlar sonini ko‘paytirish, buning uchun qo‘shimcha imtiyozli moliyaviy resurslarni jalb etish bo‘yicha takliflar bildirib o‘tildi.

Deputatlar tumanda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mahalliy bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ustidan sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, mahasulotlar eksportini rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi qulay muhitni yaratish lozimligini qayd etdilar.

Sessiya yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov hamda Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

22 Mar 08:54
 
52
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi

Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn

04 Apr 16:19
 
45
0
xs.uz

Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi

Samarqandda 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammiti oʻz ishini boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev delegatsiyalar rahbarlarini qutladi.'

20 Mar 12:53
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg