calendar 30 Sep 13:22
eye 131
comments 0
comments Manba: xs

Shavkat Mirziyoyev “Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

image

Hurmatli kinofestival qatnashchilari!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, siz, azizlarni – dunyoning turli mamlakatlaridan diyorimizga tashrif buyurgan kino sanʼatining mohir ustalari, taniqli madaniyat va sanʼat arboblarini “Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Oʻzbek xalqi azaldan oʻzining qadimiy tarixi, boy madaniyati, nafosat va goʻzallikka mehr va eʼtibori, jumladan, kino sanʼatini munosib qadrlashi bilan nom qozonib keladi. Milliy va jahon kino sanʼatining yetuk namoyandalari tomonidan yaratilayotgan yuksak saviyali filmlar yurtimizda odamlarning, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va tafakkurini insonparvarlik, doʻstlik va hamjihatlik gʻoyalari asosida shakllantirishdek ezgu ishga katta hissa qoʻshmoqda.

Biz aynan mana shu omillarni hisobga olgan holda, 2021-yilda Toshkent xalqaro kinofestivalini “Ipak yoʻli durdonasi” degan yangi nom bilan qayta tiklab, uni “Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida oʻtkazishni yoʻlga qoʻydik.

Oʻtgan qisqa vaqt ichida el-yurtimiz, millionlab tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan ushbu festivalning navbatdagi anjumani mamlakatimizda milliy kino sanʼatimizning 115-yillik sanasi keng nishonlanayotgan bir paytda boʻlib oʻtayotgani ramziy maʼnoga ega. Eng muhimi, Toshkent xalqaro kinofestivaliga boʻlgan eʼtibor va qiziqish dunyo miqyosida tobora ortib bormoqda.

Bu galgi kinoforumda jahonning 50 dan ortiq davlatidan qariyb 300 nafar isteʼdodli kino ustalari, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etayotgani ham shundan dalolat beradi.

Soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda barcha yoʻnalishlar qatori kinematografiya sohasini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratilib, uning zamonaviy infratuzilmasi va mustahkam moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda.

Kino sanʼati vakillari, tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, sohada nodavlat sektorni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ijobiy natijasini bermoqda.

Bugun oʻz ishini boshlayotgan XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkaziladigan filmlar namoyishlari, ijodiy uchrashuv va muloqotlar barcha ishtirokchilarga qizgʻin ijodiy kayfiyat va ilhom bagʻishlab, ularni yangi-yangi rejalar sari ruhlantiradi, deb umid bildiraman.

Shuningdek, navqiron kinoijodkorlar oʻrtasida qisqa metrajli filmlar yaratish boʻyicha tashkil etiladigan ijodiy tanlov ular uchun oʻziga xos tajriba va mahorat maktabi vazifasini oʻtashi shubhasiz.

Festival davomida sizlar Oʻzbekistonda nafaqat kinematografiya sohasida, balki barcha ustuvor yoʻnalishlarda inson qadri va manfaatlarini taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan ham bevosita tanishish, sanʼatsevar xalqimiz bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlasizlar.

Siz, azizlarni XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilishi bilan yana bir bor qutlab, ushbu anjuman chinakam sanʼat bayrami, tinchlik va doʻstlik ramziga aylanadi, deb ishonaman.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam salomatlik, ijodiy yutuqlar, kinofestival ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland