calendar 30 Sep 07:22
eye 134
comments 0
comments Manba: xs

Maʼmuriy islohotlar doirasida ayrim qonunlarga oʻzgartishlar kiritilmoqda

image

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatning qirq beshinchi majlisida “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun senatorlar tomonidan koʻrib chiqildi.

Maʼlumki, “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga asosan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarni oʻz ichiga oladigan yaxlit tizimi joriy etildi.

Oʻz navbatida maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining “davlat qoʻmitasi” shakli bekor qilinib, amalda faoliyat yuritayotgan davlat qoʻmitalari negizida vazirliklar tashkil etildi yoki qoʻmita, agentlik yoxud inspeksiya shaklida qayta tashkil etilib, tegishli vazirliklarning tashkiliy boʻysunuviga oʻtkazildi.

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan mazkur hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga “Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari” degan tushuncha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidan chiqarib tashlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu oʻzgarishlar Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining birinchi bosqichi amalga oshirilishini taʼminlashga, shuningdek professional boshqaruv prinsiplariga asoslangan va natijaga yoʻnaltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Yuqoridagi qonunning 5-moddaga asosan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlardan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida, oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi haqida, vazirliklar va idoralarning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi toʻgʻrisida, shuningdek xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari kesimida mablagʻlarning sarflanishi haqida vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborot kiritildi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

24 Mar 13:25
 
69
0
xs.uz

Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin'sodir boʻlgan.FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.Shunin

15 Apr 07:05
 
30
0
xs.uz

Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB'xabar berdi.Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.Yigʻilishda tashkil

18 Apr 11:07
 
22
0
xs.uz

Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi

Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk