calendar 30 Sep 05:56
eye 132
comments 0
comments Manba: zarnews

Rashid Temurov tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan shaxsiy rangtasvir asarlari ko'rgazmasi ochildi

image

Samarqand shahridagi "Xalqlar do'stligi va diniy bag'rikenglik" muzeyida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Rashid Temurov tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan shaxsiy rangtasvir asarlari ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada rassomning muzey-qo'riqxona fondida hamda oilaviy shaxsiy jamlanmasida saqlanayotgan oltmishga yaqin rangtasvir asarlari namoyish qilinmoqda. 

O'zbekiston tasviriy sanʻatida manzara janri o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Rassom qadrdon yurt jamolini tasvirlash orqali tabiatga, milliy urf odatlarga, go'zallikka muhabbat uyg'otish kerak degan fikrni talqin etadi. Bu janrda ijod qilgan rassomlardan O'.Tansiqboyev, N.Karaxan, P.Benkovlar bilan bir qatorda ona yurt mehrini ranglar orqali tarannum etgan Rashid Temurovning ijodi ham alohida tahsinga sazovor.

- Rashid Temurovning asarlari hozirgi kunda dunyoning turli mintaqalarida, xususan, Davlat Tretyakov galeriyasi, Sharq xalqlari davlat muzeyi, Norilsk va Tselinograd hamda mamlakatimizdagi turli muzeylarda saqlanadi, - deydi  O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi sanʻat bo'limi mudiri Safura Ro'zimurotova. - Jumladan, "Samarqand" davlat muzey-qo'riqxonasi fondida rassomning qirqqa yaqin asarlari saqlanyapti. Rassom tomonidan Samarqandning so'lim bog'lari, sershovqin bozorlari, tarixiy obidalari tasvirlangan "Samarqand obidalari", "Afrosiyobda bahor", "Samarqanddagi qovun bozori", "Urgut kulolchiligi", "Bibixonim hovlisida", "Shohizinda", "Registon ko'chasi" kabi asarlarida yurtga muhabbat ohanglarini ko'rish mumkin. Ushbu asarlar shu kungacha ham muzeyda tashkil qilingan ko'pgina ko'rgazma va ekspozitsiyalarda namoyish etilib, keng jamoatchilikning eʻtirofiga sazovor bo'lgan. 

Ko'rgazmaning ochilish tadbirida muzey xodimlari, rangtasvir sanʻati muxlislari, yoshlar va keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi.   

Ko'rgazma joriy yilning 16 oktyabriga qadar namoyish qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да

20 Mar 12:50
 
12
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
25
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла