calendar 26 Sep 10:29
eye 43
comments 0
comments Manba: xs

Hanjou-2022: Dzyudoda yana uchta medal

image

Foto: «Xalq so‘zi»

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun oltin medaldan tashqari yana uchta medalga ega chiqdi.

Shuningdek, -90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov finalda qirgʻizistonlik Yerlan Sherovga imkoniyatni boy berib kumush medal bilan cheklangan boʻlsa, eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan Alisher Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Xyoga Ota ustidan gʻalaba qozonib, delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi.

Foto: «Xalq so‘zi»

Qizlar oʻrtasida esa Irisxon Qurbonboyeva -78 kg vazn toifasining bronza medaliga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda moʻgʻulistonlik Xuslen Otgonbayarni magʻlub etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi

'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250

12 Apr 21:16
 
32
0
xs.uz

Ilya Sibirsev uchta medalga sazovor bo‘ldi

Musobaqaning 400, 800, 1500 metrlik masofalarga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtimiz uch bor kumush medalga sazovor bo'ldi. Shuningdek, suzuvchimiz 200 metrga erkin usulda suzish musobaqasida ham ishtirok etib, marraga oltinchi bo'lib yetib keldi.Ma'lumot uchun, 'Parij ' 2024' Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Ilya Sibirsev Illinoysda (AQSH) mart oyida o'tgan 'TYR Pro Swim Series' musobaqasining 200 metr masofaga erkin usulda suzish bellashuvida shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olgand

12 Apr 21:16
 
22
0
xs.uz

Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.

18 Apr 11:08
 
309
0
xs.uz

Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi

Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).