calendar 26 Sep 10:23
eye 68
comments 0
comments Manba: xs

Toshkentda akatsiya daraxtlariga shikast yetkazildi

image

Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tuman boʻlimiga fuqaro A.M. tomonidan daraxtlarga shikast yetkazilib, kesilayotganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushdi.

Murojaat Olmazor tuman boʻlimi ishchi guruhi tomonidan voqea joyiga chiqib oʻrganildi.  Oʻrganish jarayonida Olmazor tumani, “Olimpiya” MFY, Velosport federatsiyasi hududidagi qurilish jarayonida bino old tomonida joylashgan 1 tup akatsiya daraxti ildiz qismi bilan yoʻq qilinganligi, shuningdek, 6 tup akatsiya daraxti tana qismiga shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Taʻkidlash joizki, bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 37-moddalari talablari buzilgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 4-ilovasiga binoan tabiatga 6 million 600 ming soʻm miqdorida zarar keltirilganligi, shu bilan birga, 6 tub daraxtga 7 million 920 ming soʻmlik shikast yetkazilganligi aniqlandi. 

Huquqbuzarlik uchun jami 14 million 520 ming soʻm undirilishi belgilandi. Shuningdek, tana qismi shikastlangan 6 tup akatsiya daraxti taʻmirlanib, oʻsishda davom etishi taʻminlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
51
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

23 Mar 16:44
 
51
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahriga tashrifi yakunlandi

Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, Imom Moturidiy va Mahdumi Aʼzam majmualarini qayta taʼmirlash loyihasi davlat rahbariga taqdimot qilindi.Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 'Buyuk ipak yoʻli' xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.Shuningdek, davlatimiz rahbari Sa

22 Mar 08:54
 
54
0
xs.uz

Oʻzbekiston Nauru bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

Nauru Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 159-davlat boʻldi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, kecha, 20-mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Nauru oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma komyunike imzolandi.Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Nauruning BMTdagi doimiy vakili Lara Erab Daniel imzolagan. Tomonlar xalqaro ta

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et