Xanchjou-2022: Darya Latisheva Osiyo oʻyinlarining ikki karra sovrindori

Ushuchimiz Darya Latisheva ham bugun delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni taqdim qildi.

Sportchimiz nankuan va nandao dasturlari yakuniga koʻra, Xitoy hamda Malayziya vakillaridan keyin bronza medaliga sazovor boʻldi. Bu Darya uchun Osiyo oʻyinlaridagi ikkinchi medal.

Hamyurtimiz 2018-yilgi musobaqada kumush medal sohibiga aylangan edi.