calendar 26 Sep 05:56
eye 38
comments 0
comments Manba: zarnews

"Birinchi raqamlilar maydonda": Hokim va sektor rahbarlari o'rtasidagi futbol musobaqasiga jamoatchilik eʻtibor qaratmoqda

image

Ehtimol, rahbarlar o'rtasidagi bunday musobaqalar ilk marta o'tkazilayotgani uchunmi shahar, tumanlar hokimlari va sektor rahbarlari ishtirokidagi mini futbol musobaqasi ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olindi. Qolaversa, mazkur musobaqaning ayni paxta mavsumiga to'g'ri kelgani, ko'p yillar davomida masʻul tashkilotlar rahbarlari bu vaqtda dalada bo'lgani ham nazardan chetda qolmadi.

Xo'sh, tarmoqlarda baʻzan samimiy, goh yumor bilan kutib olingan bu musobaqa qanday tashkil etildi?

Musobaqa viloyat hokimi tomonidan shu yil avgust oyida tasdiqlangan nizomga asosan uyushtirilgan bo'lib,  viloyatda davlat idoralari rahbar xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini va sportni keng targ'ib qilish, ularning hamkorligini yanada mustahkamlash, ish jarayonida bir-birlarini yaqindan tushunishlarini taʻminlash,  sport o'yinlari orqali barchani sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish kabi maqsadlar ko'zlangan.

Viloyat hamda shahar, tumanlar 5 ta sektor rahbarlari va ularning o'rinbosarlaridan iborat jamoalar o'rtasida mini-futbol  bo'yicha  "Viloyat hokimi kubogi" bellashuvlari shu yilning 21 sentyabr kuni boshlandi.

Ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 4 ta hududda (Samarqand va Kattaqo'rg'on shaharlari hamda Ishtixon va Tayloq tumanlaridagi stadionlarda) o'tkaziladigan guruh bosqichida 17 jamoa ishtirok etdi.

Qurʻa natijalariga ko'ra,

"A" guruhidan Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Oqdaryo, Samarqand va Bulung'ur tumanlari;

"V" guruhidan Kattaqo'rg'on shahri, Paxtachi, Kattaqo'rg'on va Pastdarg'om tumanlari;

"S" guruhidan Tayloq, Jomboy, Qo'shrabot va Narpay tumanlari;

"D" guruhidan Ishtixon, Nurobod, Payariq va Urgut tumanlari jamoalari o'rin olgan.

Musobaqa jadvaliga asosan o'yinlar qizg'in davom etmoqda. Yarim final va final o'yinlaridan lavhalar tayyorlash ko'zda tutilgan. 

Final uchrashuvlari 6 oktyabr kuni Past Darg'om tumanidagi futbol maktabi o'yingohida o'tkaziladi va g'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
29
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi xabarlariga ko'ra, ushbu musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jami 72 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ayni paytda mamlakat chempionatida Samarqand viloyati jamoasi a'zolari yetakchilik qilishmoqda.Shuningdek, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar ham sovrinli o'rinlar uchun da'vogarlik qilishmoqda.

22 Mar 08:55
 
71
0
xs.uz

Husanovning transfer narxi 35 million yevroga koʻtarildi – Transfermarkt

Bugun, 18-mart kuni, Germaniyaning Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi.Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning 'Manchester Siti' klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 12 million yevrodan 35 million yevroga koʻtarildi.Soʻnggi bir yil davomida Abduqodir Husanovning transfer narxi 1,5 million yevrodan 2 million yevroga, oktyabr oyida esa 5 million yevroga, dekabr oyiga kelib 12 million yevr

24 Mar 13:25
 
395
0
xs.uz

Ronaldu Rudigerga, Mbappe Yamalga qarshi: UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi qayerda oʻtkaziladi?

UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi ' 'Final toʻrtlik' Germaniyada boʻlib oʻtadi. Bu haqida Germaniya terma jamoasining chorak finaldagi gʻalabasidan soʻng maʼlum qilindi. Germaniya terma jamoasi Italiyaga qarshi oʻtkazilgan ikki uchrashuv natijasiga koʻra 5:4 hisobida ustun keldi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 20-mart kuni Milanda boʻlib oʻtgan dastlabki uchrashuvda nemislar 2:1 hisobida zafar quchgan edi.23-mart kuni Dortmund shahrida boʻlib oʻtgan javob