Agentlik huzurida akademik doira vakillaridan iborat Ekspertlar guruhi tashkil etildi


Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan innovatsion va zamon talablariga javob beradigan yechimlarni rivojlantirish masalalari” mavzusida akademik doira vakillarining muloqoti tashkil etildi.
Taʼkidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan choralarning samaradorligini oshirishda ilmiy yondashuvning oʻrni muhim. Aynan korrupsiyani keltirib chiqarayotgan sabablarni oʻrganish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflarga ehtiyoj yuqori. Bu esa mazkur yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlar, oʻrganishlar koʻlamini oshirishni talab etadi.
Shu maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida akademik doira vakillaridan iborat Ekspertlar guruhi tashkil etildi hamda ushbu muloqot doirasida guruhning taʼsis yigʻilishi oʻtkazildi.
Ekspertlar guruhi faoliyatidan koʻzlangan asosiy maqsad yuqoridagi vazifalarni muvofiqlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashishning ilmiy asoslarini takomillashtirish, sohaga oid ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, shuningdek, Agentlik va ilmiy doira vakillari, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro muloqotni rivojlantirishdan iborat.
Muloqot mobaynida quyidagilar Ekspertlar guruhining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
— Ochiqlik indeksi platformasining ishlash mexanizmidagi kamchiliklarni tahlil qilish;
— Korrupsiyaga qarshi uzoq, oʻrta, qisqa muddatli, aniq maqsadlarni SWOT tahlil qilish;
— Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirishga oid choralarni belgilash;
— Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari faoliyatini tahlil qilish va boshqalar.
Shuningdek, Guruhdan kutilayotgan asosiy natijalar sifatida korrupsiyaviy xatti-harakatlarning rivojlanish tendensiyalari va shakllari, ularning oldini olish boʻyicha ilmiy isbotlangan, innovatsion vositalar, usullar va yechimlarni shakllantirish ekanligi qayd etildi.
Guruh aʼzolari tomonidan ushbu maqsadni amalga oshirish, qolaversa, Guruhni tashkiliy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, yigʻilishda tashkiliy masalalar ham koʻrib chiqildi. Unga koʻra, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi mudiri Tursunov Axtam Salomovich Ekspertlar guruhining raisi etib saylandi.
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi
Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani
Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi
Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057
Prezident raisligida iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.O'zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investitsiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko'paymoqda.Garvard universitetining tahliliga ko'ra, oxirgi besh yilda 'iqtisodiy murakk
O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi
Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis