calendar 25 Sep 14:24
eye 63
comments 0
comments Manba: xs

Parlament vakolatlarini kengaytirish koʻzda tutilmoqda

image

Joriy yilning 25-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dastlab Prezidentimiz tomonidan BMTning 78-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslar atroflicha koʻrib chiqilib, fraksiyalar oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Taʼkidlanganidek, nutqda ilgari surilgan har bir fikr, har bir taklif-tashabbus mohiyat-eʼtiboriga koʻra hamkorlik, hamjihatlikni kengaytirishga, oʻzaro muloqot asosida muammolarga yangi yechimlar topishga, pirovardida ijtimoiy barqarorlikka yoʻnaltirilgani bilan ham ahamiyatlidir. Oʻzbekiston yetakchisi yangi tashabbuslarni ilgari surish bilan cheklanmay, ularni amalga oshirishda yurtimiz mezbon va ishtirokchi sifatida faol qatnashishga tayyor ekanini ham bildirdi.

Mamlakatimiz BMTning barqarorlikka xizmat qiladigan barcha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Davlatimiz rahbari BMT Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan “Ish oʻrinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” tashabbusini qoʻllagan holda, tajriba almashish uchun 2024-yili ushbu nufuzli tashkilot shafeligida “Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yoʻl” butunjahon konferensiyasini yurtimizda oʻtkazishni taklif qildi.

Inson farovonligiga erishish avvalo ilm-maʼrifat orqali boʻladi. Shu maʼnoda, nutqda taʼkidlanganidek, inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – Oʻzbekiston oʻz oldiga qoʻygan strategik vazifalardan biridir. Davlat va jamiyatning saʼy-harakatlarini inson kapitalini rivojlantirishga yoʻnaltirish ijtimoiy barqarorlik mustahkamligining, hayotiy masalalarni oʻzlari hal etishga qodir avlodni tarbiyalashning muhim kafolati boʻlib xizmat qiladi.

— Hamma uchun ochiq va sifatli taʼlimni kambagʻallikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy oʻsishga erishishning eng samarali omili hisoblanadi, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraksiyasi rahbari U.Inoyatov. — Inson kapitali haqida gap ketar ekan, birinchi navbatda sifatli taʼlim olish, kasb-hunarga ega boʻlish imkoniyalarini kengaytirish muhimdir. Mamlakatimiz bu yoʻnalishda natijalarni yaxshilash boʻyicha katta oʻzgarishlar qilmoqda, taʼbir joiz boʻlsa, oʻziga xos oʻrnak va ibrat koʻrsatmoqda. Oʻtgan olti yilda maktabgacha taʼlimdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy taʼlimda esa 9 foizdan 38 foizga yetgani Oʻzbekiston inson kapitalini rivojlantirishdek ezgu maqsad yoʻlida qanchalik sobit ekanini isbotlab bermoqda.

Muhokmalar davomida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, joriy yilda mamlakatimizda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.

Xususan, hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi hamda oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasini hisobga olgan holda, Oliy Majlis, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati oʻrtasida vakolatlar qayta taqsimlandi.

Shu bilan birga, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shunga koʻra, mazkur qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini hamda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni, qonunchilik takliflarini ilgari surish tartibini va qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, qonun loyihasida parlament palatalarining hamda qonun ijodkorligi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan normalar oʻz aksini topgan. Mazkur qonun loyihasi bilan 13 ta qonun, 1 ta kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Jumladan, 100 ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekanligi mustahkamlanmoqda. Shuningdek, Qonunchilik palatasidagi fraksiya rahbarining vakolatlari alohida moddada aniq belgilanmoqda. Parlament tekshiruvini Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida tuziladigan birgalikdagi maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda.

Qoʻshma yigʻilishida deputatlar tomonidan qonun loyihasi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining soʻzsiz va toʻliq amalga oshirilishini, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarning Yangi Oʻzbekiston gʻoyasiga hamohang tarzda roʻyobga chiqarilishini, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyilishini taʼminlashga xizmat qilishi qayd etildi. Muhokamalarda loyiha yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilgan holda qoʻllab-quvvatlandi.

Kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham atroflicha koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekistonhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 'Yangi O'zbekiston' bog'ida Navro'z umumxalq bayrami shodiyonasi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari nutq so'zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.Tadbirni yoritishda ishtirok etgan 'Xalq so'zi' muxbiri fotoreportaj tayyorladi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

18 Apr 11:07
 
27
0
xs.uz

Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan

20 Mar 12:53
 
59
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

21 Apr 08:34
 
348
0
xs.uz

“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke