calendar 25 Sep 07:20
eye 50
comments 0
comments Manba: xs

Yapon olimlari qandli diabetni davolashning yangi usulini topdi

image

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, hozir dunyoda 500 milliondan ziyod kishi qandli diabet kasalligidan aziyat chekmoqda. Xavotirli jihati, 2050 borib, bu koʻrsatkich 1,5 milliard nafarga yetishi mumkin.

Shu bois hozir ushbu xastalikning samarali davosini topishga katta kuch va resurslar safarbar etilmoqda.

Bunday tadqiqotlardan navbatdagisi yapon olimlariga tegishli boʻldi. Uning natijalariga doir hisobot yaqinda “Nature” ilmiy nashrida chop etildi.

Qandli diabetning 2-turini davolashga qaratilgan mazkur izlanishlarda ichak mikroflorasi va unda yashovchi bakteriyalar haqida soʻz boradi.

Tadqiqot davomida 300 nafar insonning ichak tizimidan olingan bakteriyalar tekshirildi. Maʼlum boʻlishicha, organizmdagi insulinga nisbatan yuqori qarshilik ichakda monosaxaridlar koʻpligi bilan izohlanadi.

Navbatdagi bosqichda mikrofloradan olingan mikroorganizmlar tarkibi hamda axlatdagi uglevodlar darajasi oʻrganildi. Aniqlanishicha, insulinga chidamliligi yuqori boʻlgan odamlarning ichak florasi Lachnospiraceae bakteriyalariga boy.

Bacteroidales guruhiga kiruvchi bakteriyalar ustunlik qiluvchi ichak mikroflorasida esa insulin qarshiligi va monosaxaridlar darajasi pasayadi.

Mazkur tadqiqot natijasida topilgan yangi muolaja usuli hozircha laboratoriya sharoitida, jonivorlarda sinovdan oʻtkazildi.

Yapon olimlari endi bu jarayonga qandli diabetdan aziyat chekayotgan bemorlarni koʻngilli sifatida jalb qilishni rejalashtirmoqda. Uning natijalariga koʻra, yakuniy xulosalar eʼlon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
32
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

13 Jun 00:39
 
83
0
xs.uz

Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi

Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi y

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert

NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc

04 Jun 02:45
 
116
0
xs.uz

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor

Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi