calendar 22 Sep 23:51
eye 64
comments 0
comments Manba: zarnews

Adliya: sud 2012 yilda snosga tushgan uy uchun 400 million so'm kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi

image

Samarqand shahrida yashovchi I.M.ga tegishli uy davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilib, buzilishga tushgan va olib qo'yilgan yer uchastkasi uchun kompensatsiya to'lab berilmagan.

Viloyat adliya boshqarmasi fuqaroning murojaatini o'rganib chiqib, fuqarolik ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudiga daʻvo arizasi kiritdi.

Aniqlanishicha, kompensatsiyaning bir qismi sifatida Samarqand shahar hokimining qarori bilan fuqaro I.M.ga "R.Hamroyev" jamoa xo'jaligi hududidan 600 kv. metr, o'g'li R.M.ga Samarqand arxitektura-qurilish institutiga yondosh yerlardan 400 kv.metr yer maydoni ajratilishi belgilangan bo'sa-da, yer uchastkalari ajratib berilmagan, shuningdek mutanosib shaklda yer uchastkasiga bo'lgan huquq narxi ham to'lanmagan.

Sud majlisida I.M. 2012 yilda buzilishga tushgan uy-joyi o'rniga shahar hokimligi boshqa uy-joy olishi uchun 173 mln. so'm ajratib bergan pul mablag'iga uy olib, ko'chib chiqqanini taʻkidlar ekan, Samarqand shahar hokimining 2012 yil 13 oktyabrdagi tegishli qarori ijrosi bo'yicha Samarqand shahar maʻmuriy sudiga bergan daʻvo arizasi ham qanoatlantirilganini maʻlum qildi. Biroq sud tomonidan hokimlikning harakatlari qonunga xilof deb topilgan bo'lishiga qaramay, qaror ijrosi bu holatda ham eʻtiborsiz qoldirilganini taʻkidladi.

Sudda ishtirok etgan hokimlik ishonchli vakili B.K. daʻvoni tan olmay, fuqaroga tovon tariqasida pul kompensatsiya va ikkita yer uchastkasi ajratib berish belgilangani, ammo nima sababdan ajratib berilmasdan   qolib ketganidan xabari yo'qligini, bugungi kunda hokimlikda yer uchastkasi ajratib berish vakolati yo'qligini maʻlum qildi. Xususan, kompensatsiya ajratib berish qarorda nazarda tutilmagani, faqat yer maydoni ajratish belgilanganligini inobatga olib daʻvoni rad qilishni so'radi.

Sud, Samarqand   shahar   hokimligi   hisobidan   fuqaro I.M. foydasiga ajratib berilmagan yer uchastkasi uchun 113 753 000 so'm va R.M. foydasiga  ajratib   berilmagan   yer   uchastkasi  uchun 302 719 000 so'm miqdorida pul kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda adliya boshqarmasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)