Namanganda kiberjinoyatchilikning oldini olish va kibertahdidlardan ogohlantirishga qaratilgan haftalik oʻtkazildi


Foto: “Xalq soʻzi”
Unda viloyat hokimligi va Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamkorligida joylarda targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilib, sohaviy xizmat xodimlari, shuningdek, 40 dan ortiq korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar jalb etildi.
Haftalik davomida faol fuqarolar tomonidan 400 dan ziyod kiberxavfsizlik mavzusidagi axborotlar (videokontentlar) tayyorlanib, undan ijtimoiy tarmoqlarning 100 mingdan koʻproq foydalanuvchilari xabardor boʻlishdi. Bundan tashqari, kanal va guruhlar orqali kiberjinoyatlar, kibertahdidlar bilan bogʻliq 500 dan ortiq maʼlumotlar targʻib qilindi.
— “Cyber-Week” haftaligi doirasida aholining turli qatlamlarini qamrab olgan yetti yoʻnalishdagi tanlov samarali tadbirlardan biri sifatida yodda qoladigan boʻldi, — deydi Namangan viloyati elektron hokimiyatni rivojlantirish markazi rahbari Baxtiyor Oxunboboyev. — Tadbirning har bir ishtirokchisi foydalanuvchilarga keng koʻlamli targʻibot materiallarini taqdim etishga harakat qildilar.
Misol uchun, taʼlim sohasidagi muassasalar oʻrtasidagi nominatsiyada gʻolib chiqqan Namangan shahridagi 14-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Nosirjon Jamoliddinov ustozi Alisher Zayniddinov bilan birgalikda haftalik doirasida kibertahdid profilaktikasi bilan bogʻliq 1700 dan koʻproq materialni targʻib qilishga ulgurdi.
Davlatobod tumanidagi Madaniyat markazida haftalik natijalari tahlil qilinib, yakunda tanlovning 21 nafar gʻolibiga tashkilotchilarning tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovgʻalari tantanali topshirildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish kun tartibidagi doimiy masalalardan biriga aylanishi zarurligini taʼkidladilar.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Qashqadaryoda molxonasiga kannabis ekkan shaxs ushlandi
Qashqadaryoda viloyat IIB va Koson tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda'ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh etildi, deb'xabar bermoqda'viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.Maʼlum qilinishicha, tumanning Saripul mahallasida yashovchi A.J. molxonasida togʻoraga 22 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgani aniqlangan.'Nam holdagi kannabis oʻsimligining ogʻirligi 35,7 gramm chiqdi', deb yozadi IBB axborot xizmati.Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tum
Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo