calendar 01 Jul 14:20
eye 36
comments 0
comments Manba: xs

Ertaga Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlari 00:00 dan 7:00 ga qadar elektr taʼminotidan uziladi

image

Joriy yilning 2-iyul kuni Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim koʻchalarida hamda Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr energiyasi soat 00:00 dan 07:00 ga qadar vaqtinchalik oʻchiriladi.

Toshkent shahar elektr tarmoqlariga qarashli 110 kV quvvatga ega boʻlgan elektr uzatish kabel tarmogʻining 110 kVli L-DOK-1 va L-DOK-2 yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi 36-sonli tayanchda taʼmirlash (izolyator almashtirish) ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida:

OLMAZOR tumanining “Ibrohim ota” MFY, “Chuqursoy” MFY, “Ahil” MFY, “Moyariq” MFYlarida aholi xonadonlari va Jome mavzesining tadbirkorlik subyektlari;

YUNUSOBOD tumanining “Hasanboy” MFY, “Katta Hasanboy” MFY, “Sharq haqiqati” MFY, “Turkiston” MFY, “Yoʻlariq” MFY, “Akbarobod” MFY, “Tiklanish” MFY, “Astrobod” MFY,  “Hamkorobod” MFY, “Islomobod” MFY,  “Sobirobod” MFY, “Nurmakon” MFY, “Mingchinor” MFYlarining qisman koʼchalari va Issiqlik markazi;

Toshkent tumanining “Sanoat”, “Ayriota”, “Gʻishtkoʼprik”, “Ibrat”, “Sabzavot”, “Tutzor”, “Iqbol”, “Darxon”, “Parvoz”, “Guliston”, “Bogʻbon”, “Oydin hayot”, “Quruvchi”, “Qashqarlik”, “Mustaqillik”, “Sergali”, “Sarke”, “Avliyo ota”, “Hasanboy”, “Yuqori Hasanboy”, “Rahbarobod”, “Bahor”, “Kensoy”, “Koʼkterak”, “Navoiy”, “Chuvalachi”, “Masalboy”, “Koʼkterak”, “Guliston”, “Keles” MFYlarining ayrim mahallalarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby

12 Apr 21:15
 
29
0
xs.uz

Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim platforma

Qirg'iz Respublikasi poytaxti ' Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi.Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim o'ringa ega mazkur nufuzli anjumanda milliy kasaba uyushma tashkilotlari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.Yig'ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bosh kotibi Murodil Jumadilde uulu, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla R

16 Apr 15:12
 
50
0
xs.uz

Issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi

Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish boʻyicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3-marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimini butun re

04 Apr 16:19
 
44
0
xs.uz

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi yangilanadi

Bu nizom aksiyadorlik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar uchun moʻljallangan boʻlib, raqamli imkoniyatlar orqali ishtirokni yanada osonlashtirishga qaratilgan.Nizomda jamiyatlar tomonidan yigʻilish haqidagi xabarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar keltirilishi shartligi belgilangan. Jumladan, yigʻilishda foydalaniladigan onlayn platforma nomi, unga kirish havolasi, identifikatsiyadan oʻtish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar