calendar 12 Jun 19:21
eye 32
comments 0
comments Manba: xs

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining ochilish marosimi oʻtkazildi

image

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Xiva shahrida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, mutasaddi tashkilotlar, shuningdek, olimpiadada ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar oʻquvchi-yoshlari qatnashdi.

Oʻziga xos bayram shukuhiga ulanib ketgan tadbirda soʻzga chiqqanlar mazkur musobaqaning ahamiyatli jihatlari hamda uning ishtirokchi oʻquvchilar hayotidagi oʻrni xususida atroflicha fikr bildirib oʻtishdi.

Xususan, tadbirda oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashgan germaniyalik professor Joxann Plank buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosi va faoliyati bugungi kunga qadar dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganib kelinayotganligini alohida taʼkidladi.

Tadbir davomida ishtirokchi davlatlarning tanishtiruv marosimi tashkil etildi.

Oʻzaro doʻstona va quvnoq tarzda davom etgan olimpiadaning ochilish marosimi diltortar kuy-qoʻshiqlar va oʻquvchi-yoshlarning begʻubor raqs davralariga ulanib ketdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
36
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

18 Apr 11:07
 
39
0
xs.uz

Andijon rivojini yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi

16-aprel kuni Buloqboshi tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.Andijonda yangi O'zbekiston shukuhi har bir tuman, har bir mahallaga kirib borayotgani qayd etildi. O'tgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlagan. 450 ming aholi ishli bo'lgan.'Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar joylar qad ko'tardi. Buning hisobiga,

18 Apr 11:07
 
36
0
xs.uz

Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.

16 Apr 15:12
 
36
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega