calendar 07 Jun 13:22
eye 55
comments 0
comments Manba: xs

Qiynoq holati boʻyicha Ombudsman munosabat bildirdi

image

Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali surishtiruv va tergov jarayonlarida yoki jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarga jismoniy va ruhiy bosim oʻtkazish, qiynoqqa solishga oid qator xabarlar tarqalib, keng jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Qiynoqqa oid xabarlar Ombudsman nazoratiga olinib oʻrganilmoqda. Lekin, kuni kecha Boʻkada sodir boʻlgan holat sud tergov jarayonlarida qiynoq deb atalmish illatga hali hanuz yoʻl qoʻyilayotganligini tasdiqlaydi.

Boʻka tumanida fuqaroning vafot etishi bilan, tayinlangan birlamchi sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga koʻra, Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan darhol jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, voqeaga aloqador boʻlgan 2 nafar tezkor xodimlar hibsga olinganini Ombudsman ijobiy baholaydi.

Aslida biz huquqlarimiz himoyachisi sifatida biladigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari orasida Boʻkadagi holat misolida qonunga xilof ish koʻruvchi xodimlar borligi juda achinarli. Tizimda ishlovchi barcha xodimlar shunday degan fikrdan yiroqmiz, soʻnggi yillarda qiynoqqa qarshi kurashish borasidagi islohotlarni eʼtirof etishimiz lozim. Lekin, davlat siyosatiga qarshi turib, oʻz xizmat faoliyatida ruhiy va jismoniy qiynoqqa yoʻl qoʻyayotgan “xodimlar” bor ekan, fuqarolarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keladi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, qiynoq bu jamiyat tanasidagi kasallik. Uni davolash uchun avvalo shaffoflik taʼminlanishi kerak. Chunki aynan shaffoflik- qiynoqlarni barvaqt oldini olishning taʼsirchan vositalaridan biri. Mamlakatdagi ochiqlik siyosati sabab shu kabi ogʻriqli holatlar tilga olinib, unga jamoatchilik eʼtibori qaratilmoqda.

Toʻgʻri qiynoq koʻplab rivojlangan davlatlarning ham global muammolaridan biridir. Qiynoq insonning fundamental huquqlarining buzilishi hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, qiynoq insonga uzoq muddatli psixologik taʼsirga ega boʻlgan, shaxs sifatida yoʻq qilishga qaratilgan xatti-harakat sifatida baholanadi. Inson qadri tamoyili ustuvor boʻlgan Oʻzbekiston qiynoqqa qarshi kurashish boʻyicha oʻzining mustahkam va keskin pozitsiyasiga ega. Soʻnggi yillarda qiynoq holatlariga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan jazo choralari ogʻirlashtirilib, hattoki, ularga nisbatan afv qoʻllanilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.

Qolaversa, mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortish maqsadida qonunchilikka alohida moda kiritilgan va qiynoqni qoʻllagan shaxsga nisbatan ogʻirlashtiruvchi normalar qoʻllanilishi belgilangan.  Jinoyat kodeksining 235-moddasi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.

Yangilangan Konstitutsiyamizda ham agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi belgilandi. Bu bilan qiynoq holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar ildizi qirqilmoqda.

Qiynoq holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha Ombudsman boshchiligida Milliy preventiv mexanizm doirasida jamoatchilik guruhlari bilan birga penitensiar muassasalarga doimiy ravishda monitoring tashriflari amalga oshirilib, u yerdagi sharoitlar tizimli ravishda oʻrganilmoqda. U yerda saqlanayotgan shaxslar orasida anonim soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda. Mahkum va mahbuslar bilan holi tarzda suhbatlashib, qiynoqlar qoʻllanilganiga oid murojaatlar kelib tushganda, holat darhol nazoratga olinmoqda. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qiynoq qoʻllanilganiga oid xabarlar ham joyiga chiqib oʻrganilib, qiynoq alomatlari mavjud boʻlgan hollarda ish koʻrib chiqish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda. Boʻkadagi holat ham Ombudsman nazoratida boʻladi.

Gumonlanuvchi yoki ayblanuvchilar surishtiruv va tergov jarayonida kaltaklanib, vafot etishi mumkin emas. Kuch ishlatish uslubi dan foydalangan xodimlarni aniqlash va ularga qatʼiy chora koʻrish, tizimdagi xodimlar malakasi va faoliyatini birma-bir tahlil qilish, zoʻravonlar va sustkashlardan voz kechish kerak. Zero, bugungi davlat siyosati inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan bu boradagi qadamlar izchil boʻlishi lozim. Biz aybdor shaxslarni qatʼiy jazoga tortishga chaqiramiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland