calendar 07 Jun 13:20
eye 58
comments 0
comments Manba: xs

Yurak-qon tomir tizimining salomatligi uchun eng yaxshi sharbat nomi maʼlum qilindi

image

Illyustrativ foto

Har kuni lavlagi sharbatini ichish yurak xuruji xavfini kamaytiradi. Xuddi shunday xulosani Britaniya yurak jamgʻarmasi oʻz tadqiqot natijalari asoslanib Britaniya yurak-qon tomir jamiyatining konferensiyasida taqdim etdi.

Stent qoʻyilgandan keyin olti oy davomida har kuni lavlagi sharbatini ichish stenokardiya boʻlgan bemorlarda yana yurak xuruji xavfini kamaytiradi.

Tadqiqotchilar 300 nafar bemorning 16 foizida jiddiy yurak muammolari paydo boʻlgan yoki stent oʻrnatilgandan keyin ikki yil ichida ikkinchi protseduraga ehtiyoj borligini aniqladilar. Bunda bemorlar har kuni lavlagi sharbatini ichganda, bu koʻrsatkich deyarli 7 foizga kamaygan.

Olimlar lavlagi sharbatining bu taʼsirini undagi noorganik nitrat miqdori bilan izohlaydilar. Bu ogʻizdagi bakteriyalar tomonidan nitritga aylanadigan ozuqa moddasi. Keyin u tanada azot oksidi signalizatsiya molekulasiga aylanadi. Azot oksidi bemorlarning qon tomirlariga ijobiy taʼsir koʻrsatishi uchun javobgardir.

Jamoa tez orada yirikroq tadqiqotni boshlashni rejalashtirmoqda. U muvaffaqiyatli boʻlsa, lavlagi sharbati stent qoʻyish muolajasidan keyingi davolash jarayoniga kiritilishiga umid qilishmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
69
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

12 Apr 21:15
 
41
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-