calendar 02 Jun 16:24
eye 57
comments 0
comments Manba: xs

Pekin qishki olimpiya oʻyinlari sport kompleksi loyihasi muallifi Mishel Bonino Qoʻqondagi Xudoyorxon Oʻrdasi meʼmoriy qiyofasiga mahliyo boʻldi

image

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri tarixiy-madaniy obidalari, zamonaviy bino-inshootlari, adabiyot va sanʼati, sharqona bozorlari hamda tadbirkorlik salohiyati bilan dunyoga mashhur.

Koʻhna kentda olib borilayotgan keng qamrovli saʼy-harakatlar samarasi sifatida Qoʻqon keyingi yillarda jahon hunarmandlari shahri, turkiy davlatlar turizm poytaxti maqomiga ega boʻldi.

Shu kunlarda Italiyaning Turin arxitektura universiteti oʻqituvchisi, arxitektura boʻyicha bir necha xalqaro koʻrgazmalar sovrindori, 2022-yili Xitoyda oʻtkazilgan qishki olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan sport kompleksi arxitektura loyihasi muallifi Mishel Bonino hamda Turin arxitektura universiteti professori Fulvio Rinaudo Qoʻqon shahrida boʻlishdi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Tashrif chogʻida Qoʻqon shahrining qadimgi madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishgan mehmonlar ajdodlarimizning meʼmorlik salohiyatini yuksak baholashdi. Muloqotlar davomida qoʻqonlik arxitektorlar bilan istiqbolli qurilish loyihalarini birgalikda amalga oshirish istagini bildirishdi.

— Ayniqsa, Xudoyorxon Oʻrdasi, Xalqaro turizm va hunarmandchilik markazining oʻziga xos va betakror meʼmoriy yechimi, arxitekturaviy qiyofasi bizni oʻziga mahliyo etdi, — deydi Mishel Bonino. — Shu tariqa arxitektura sohasidagi loyihalar boʻyicha oʻzaro fikr almashib, keng koʻlamli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
23
0
xs.uz

Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi

Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk

04 Apr 16:18
 
36
0
xs.uz

“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'

16 Apr 15:12
 
33
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz