Samarqand shahridagi "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar" mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tdi.
Ikki kun davom etgan forum doirasida ilmiy-amaliy konferentsiya, ko'p jildli katalog taqdimoti, ko'rgazma-savdolar, teatrlashtirilgan kontsert-tomosha dasturlari tashkil etildi.
Forumning birinchi kunida Madaniy meros agentligi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi hamda xorijiy hamkorlar ishtirokida "Muzeylar - madaniy merosning muhim manbai: anʻanalar va yangilanishlar" xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tdi.
Unda Madaniy meros agentligi, Samarqand arxeologiya instituti, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Millliy arxeologiya markazi, oliy o'quv yurtlari, davlat muzeylari xodimlari va boshqa ilmiy jamoatchilik xodimlari, Qozog'iston, Rossiya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlaridan olimlar ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro konferentsiyadan ko'zlangan maqsad muzeyshunoslik va arxeologiya sohasini keng targ'ib qilish, sohadagi ilmiy o'rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o'zaro tajriba almashish, muzeyshunoslik sohasida taraqqiy etgan va ularning ulushi iqtisodiyotga sezilarli foyda keltirayotgan mamlakatlar tajribasini o'rganish, o'zbek xalq milliy madaniyati anʻanalarini namoyish etish orqali sayyohlarni jalb qilish, shuningdek, nafaqat O'zbekiston, balki butunjahon muzeyshunosligi hamda arxeologiya sohasida mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan mutaxassislar oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdan iborat.
- Konferentsiyada arxeologiya merosi obʻyektlarini konservatsiya qilish va muzeylashtirishda ularning ahamiyatini aniqlash va baholashning ahamiyati, madaniy meros obʻyektlarining ahamiyatini aniqlash bosqichlari, baholash, muhofaza qilish va saqlashdagi o'rni hamda bundan kelib chiqadigan maqsad, ularni kelajak avlodga yetkazish, shuningdek, foydalanishni yo'lga qo'yish usullarini ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi, - deydi Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi rahbari Xo'jaqul Muhammadiyev. – Bundan tashqari, arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirishda mavjud turli yondashuvlar va mezonlar, yaʻni yodgorlikning tarixiy ahamiyati, saqlanish darajasi va badiiy qiymati kabi sohadagi muhim jihatlarga alohida to'xtalib o'tildi. Tadqiqotlar natijasida arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirish, konservatsiya va restavratsiya qilish, saqlab qolish va hujjatlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, ularni amaliyotga joriy etish usullarini yo'lga qo'yish takliflari kiritildi.
Forumning ikkinchi kunida O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida "Samarqand muzeyi durdonalari" turkumidan "Jannatmonand yurtga oshufta ranglar" nomli ko'rgazma tashkil etildi. Mazkur ko'rgazmada mashhur rassom Lev Burening Samarqand davlat muzeyi-qo'riqxona tasviriy sanʻat fondida saqlanayotgan ellikka yaqin rangtasvir asarlari, jumladan, ijodkorning tarixiy obidalarga bag'ishlangan "Shohi Zinda", "Eski Samarqand" kabi asarlari namoyish etildi. Shuningdek, ko'rgazmada "Buyuk ipak yo'li tadqiqotlari" ko'p jildli katalogi taqdimoti o'tkazildi.
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ
Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла