calendar 27 May 12:54
eye 23
comments 0
comments Manba: zarnews

Qizlartepa va Kofirqalʻa yodgorliklarida nima gaplar?

image

Samarqand arxeologiya institutida Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Tursunali Qo'ziyev oliygoh xodimlari, arxeologiya merosini tadqiq etish bo'yicha hamkorlikda izlanish olib borayotgan Italiyaning Bolonya universiteti, Xitoyning Shimoliy g'arbiy universiteti, Janubiy Koreyaning Madaniy meros fondi xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Ayni paytda Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan "Muzeyshunoslik va arxeologik tadqiqotlar: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar" mavzusidagi xalqaro forum doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda madaniy meros sohasidagi ilmiy hamkorlik, tadqiqot natijalarini ommalashtirish hamda ochiq osmon ostida muzeylar yaratish masalalari muhokama qilindi.

 - Institutimiz hamda Koreya Madaniy meros fondi hamkorligida "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Samarqand madaniy va turizm resurslarini rivojlantirish, salohiyatini oshirish" loyihasi ishlab chiqilgan, - deydi Samarqand arxeologiya instituti direktori Mo'minxon Saidov. - Bugun ushbu loyiha asosida Samarqand shahridagi Qizlartepa tarixiy yodgorligida qazuv va tadqiqot ishlari boshlangan. Ikki bosqich - may-iyun hamda oyetyabr-noyabr oylari uchun mo'ljallangan tadqiqot ishlari davomida oldimizga Qizlartepa yodgorligining tarixi, davri, o'z davrida inshootdan nima maqsadlarda foydalanilgani va uning shahar tarixidagi o'rniga aniqlik kiritish, majmuani turizm obʻyektiga aylantirish vazifalari qo'yilgan.

Samarqand arxeologiya institutida madaniy merosni saqlash va tadqiq qilish bo'yicha konservatsiya va boshqaruv markazi tashkil etilgan bo'lib, Qizlartepa yodgorligini birgalikda qazish va tadqiq qilish orqali turizm resurslar salohiyatini kuchaytirish, shahardagi madaniy meros obʻyektlarini raqamlashtirish va inventarizatsiya qilish ham nazarda tutilgan.

Shuningdek, italiyalik arxeologlar tomonidan Kofirqalʻa tarixiy shaharchasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar ko'lami va yangi noyob topilmalar ustida ishlash masalalari ham uchrashuv ishtirokchilari diqqat-markazida bo'ldi.

Tursunali Qo'ziyev Qizlartepa yodgorligida amalga oshirilayotgan arxeologik qazuv ishlariga bevosita guvoh bo'lar ekan, bu tadqiqotlarning nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo madaniyati, ilm-fani tarixi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini taʻkidladi. Bajarilayotgan konservatsiya, restavratsiya ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berdi. Bu borada koreyalik, italiyalik hamda xitoylik mutaxassislarning takliflari tinglandi.

 Abdug'ofur ShERXOLOV.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Feb 05:00
 
33
0
xs.uz

Bebaho durlar

Soʻzlar izohi ' Alisher Navoiy tilining eng murakkab va qiziqarli sohasi. Buyuk shoir ijodining bu qirrasini ochib berish uchun olimlarimizning koʻpgina ilmiy tadqiqotlari, risolalari eʼlon qilindi. Hali-hamon oʻrganilishda davom etmoqda.Hazrat Navoiy tilidagi soʻzlar izohida bir hodisa bizning ham eʼtiborimizni oʻziga jalb etdi. U ham boʻlsa, bir xil shakldagi soʻzlarning zid maʼnolarda qoʻllanilishi. Fikrimizni toʻlaroq tushuntirish uchun misollarga murojaat qilsak:Ey, husnungga za

07 Mar 20:07
 
18
0
postda.uz

AYOLLARNING BAXTI – XALQIMIZ, JAMIYATIMIZNING BAXTIDIR

Ma’naviyat va ma’rifat darsiO‘zbek ayollari o‘zining matonati, sabr-toqati, metin irodasi-yu mislsiz jasorati bilan hamisha mavqeyini sarbaland ushlagan. Mamlakatimiz xotin-qizlari tarixning turli davrlarida, suronli yillarida, har xil qiyinchilik va jang-u jadallarda ham matonat va jasorat namunasini ko‘rsatgan. Bunga moziy ham guvoh. Masalan, olis tarix sahifalaridan joy olgan massagetlar malikasi To‘maris miloddan avvalgi 529-yilda Ahamoniylar podshohi Kir II ni jang maydonida yen

07 Mar 20:09
 
17
0
qalampir.uz

Kirkorovning "bosh og‘riq"lari ko‘paydi

Taniqli xonanda Filipp Kirkorovning uchta bankdagi hisoblari sug‘urta qarzlari tufayli bloklandi. Fransuz brendi esa uni qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, xonandaning sug‘urtadan 47 ming rubl (517 AQSH dollari) qarzi bor. Uning muzlatilgan hisoblari haqidagi ma’lumotlar aks etgan suratlar esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.  Bundan tashqari, 2023 yilning noyabrida ham Kirkorovning soliq xizmatidan 5,5 million rub

07 Mar 20:14
 
13
0
xs.uz

Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy elektron platforma ishga tushirildi

Mazkur platformaning rasmiy domeni' sinov tariqasida https://baburid.uz/ 'deb nomlanadi. Ushbu platforma uchun xarid qilingan internet maydoni hajmi 20'000 dan ziyod kitob, maqola kabi fayllarning yuklamasini o'zida mujassamlashga qodir.Platformaning bosh sahifasiga tanlangan kontent va ma'lumotlar maktab yoshidagi bolalardan tortib katta yoshli auditoriyani ham o'ziga jalb qilishi nazarda tutilib, boburiylar davriga oid sara miniatyuralar, asarlardan iqtiboslar hamda 'O'zbekkino' ijodkori, reji