O‘zLiDeP Samarqand viloyat partiya tashkilotining XII Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


Ma’lumki, joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda – muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat hududiy partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi aynan saylov jarayoni bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga qaratildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda O‘zLiDePning XI S’yezdiga partiya viloyat tashkilotidan delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar, keyingi yillarda mamlakatimizda “Davlat ham islohotlar ham avvalo insonga xizmat qilishi shart!” degan xaqiqiy xalqona siyosat amalda o‘z ijrosini topganligini, muhimi barcha sohalar mutlaqo yangicha islohot va o‘zgarishlar bilan qamrab olinganligini ta’kidladilar.
O‘z navbatida O‘zLiDeP bugun yurtimizda olib borilayotgan bu kabi xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekanligi qayd etildi.
Hozirda viloyatda 119 ming 340 nafardan ziyod partiya a’zolarini o‘zida jamlagan 1368 ta partiya boshlang‘ich tashkiloti mavjud. O‘zLiDePning viloyatdagi tuzilmalari tomonidan bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan, yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, mazkur siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish borasida joylarda amalga oshirilayotgan barcha tashkiliy ishlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari belgilangan kalendar reja asosida olib borilmoqda.
Tadbirda siyosiy jarayonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini keng aholi orasida targ‘ib qilish, partiya faollari sonini viloyatdagi faol yurtdoshlarimiz hisobidan yanada ko‘paytirish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkil etish borasidagi galdagi vazifalar belgilab olindi.
Konferensiyada O‘zLiDeP Samarqand viloyat partiya tashkiloti Konferensiyasidan partiyaning XI S’yezdiga delegatlar saylash masalasi ko‘rib chiqildi va Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.
“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig'i To'ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.'Dual ta'limda Germaniya tajribasi', 'Dual ta'limni tashkil etishda korxonalarning o'rni', 'Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta'lim muassasalari integratsiyasi', 'Farg'ona viloyat
Termizda tibbiyot klasteri tashkil etiladi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Termiz shahrida Oʻzbekiston ' Hindiston qoʻshma korxonasi 'NOVA PHARM' bosh direktori Satvinder Singx hamda uning hamkorlari Vikas Panvar va Namrita Singx mehmon boʻlib turibdi.Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning mehmonlar bilan uchrashuvida farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Mehmonlar viloyat markazida universitet va zamonaviy klinikalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasteri
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur