Sabzavotchilik — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim tarmoq


Dunyoda sabzavotning 1200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, shundan 600 ga yaqini mahalliylashtirilgan va aholi iste’moli uchun foydalanib kelinmoqda. Mahsulot turlarining xilma-xillligi bo‘yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi va bu mamlakatda sabzavot, poliz ekinlari hamda kartoshkaning 250-300 ga yaqin turi yetishtiriladi. Rossiya Federasiyasida 200 dan ortiq shu turdagi ekin ekiladi. O‘zbekistonda esa bor-yo‘g‘i 40 ga yaqin savzavot turlaridan foydalanib kelinmoqda. Albatta, bu olimlarimiz zimmasiga sabzavot turlarini ko‘paytirish, xalqimizning bunday mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirish vazifasini qo‘ymoqda.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va ularning yechimlari, ishlab chiqarish bilan integrasiya” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda xorijiy va mahalliy olimlar aynan shu xususda fikr yuritdi va o‘zaro tajriba almashishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAO bilan hamkorlikda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan mazkur xalqaro anjumanda dunyoning 20 dan oshiq mamlakatidan sohaga aloqador mutaxassis va ekspertlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qayd etganidek, bu anjuman Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil topganining 90 yilligi nishonlanayotgan kunlarda o‘tkazilayotgani ham ramziy ma’noga ega. Institutda seleksiya va urug‘chilikni rivojlantirish bo‘yicha 2016 yildan buyon 40 ta ilmiy loyiha, shu jumladan, 2022 yilda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida jami 11 ta, ya’ni 6 ta amaliy va 5 ta innovasion loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgani e’tiborga molik.
Ta’kidlanganidek, institut olimlari tomonidan sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 230 dan ortiq nav hamda duragaylari yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestriga sabzavot, poliz va kartoshkaning 32 turi bo‘yicha 181 ta navlar kiritilgan. Intelektual mulk agentligidan 14 ta nav patentlashtirilgan bo‘lib, jami 195 ta, xususan, sabzavotning 142, poliz mahsulotlarining 41, kartoshkaning 12 navi seleksiya yutug‘i sifatida ishlab chiqarishga joriy etilgan. Bugungi kunda institutning 14 ta laboratoriyasida, 9 ta ilmiy-tajriba stansiyasi va tajriba uchastkalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Anjumanda Xalqaro sabzavotchilik markazi direktori o‘rinbosari Roland Shaflyaytner, Xalqaro kartoshkachilik markazi xududiy koordinatori Vaxtang Mshvidobadze zoom orqali, Vengriya Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti qoshidagi Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Jolt Polgar, Xalqaro bog‘dorchilik instituti prezidenti Yong-Beom Leye bevosita ishtirok etib, yurtimiz olimlari bilan tajriba almashdi.
— Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda, — deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Anvar Rahmatov. — Shu bois dunyo olimlari bu muammoning yechimini topishga bel bog‘lagan. Asosiy e’tibor oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatiga zamonaviy standartlar va qo‘llanmalar yaratish, bu boradagi xalqaro me’yorlarni joriy etishga qaratilmoqda.
Aytish joizki, O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribasi xalqaro miqyosda keng qo‘llanilmoqda. Yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tabiiy sharoitda pishgani, shirin ta’mi va vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Shu jihatdan, olimlarimiz sabzavot va kartoshkaning yangi navlarini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borayotir. Shunday ekan, sabzavot turlarining yangi navlari hamda chet eldan keltirilgan navlarini intraduksiya qilish, urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish, agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish ham bugungi kun talabi.
Tadbir davomida xorijiy va mahalliy ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarining “Ochiq maydon uchun sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi”, “Mahsulot yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari”, “Kartoshka seleksiyasi va urug‘chiligi”, “Sabzavot, poliz va kartoshkachilikda biotexnologiya”, “Sabzavot, poliz, kartoshka ekinlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.
Faxriddin BOZOROV, «Xalq so‘zi».
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi
Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha
Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi
Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo