O'qituvchilarga malaka toifasini berish bo'yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni maktabgacha taʻlim va maktab taʻlimi tizimini rivojlantirish bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, boshlang'ich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi o'quv dasturi joriy qilinadi. Yuqori sinflarda o'qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi taʻminlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi. Yangi o'quv yilidan informatika fani 1-sinfdan o'rgatiladi.
Hozirda mavzularning 70 foizi kundalik hayot bilan bog'lanmagan. Endi fanlarning amaliy mashg'ulotlar ulushi 40 foizdan 60 foizgacha oshiriladi. Bunda mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o'rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o'tkaziladi.
Maktablarni malakali kadrlar bilan taʻminlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo'lga qo'yiladi. Yaʻni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o'qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo'ladi.
O'qituvchilarga malaka toifasini berish bo'yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo'yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to'lanishi mumkin.
O'qituvchilarga malaka toifasini berish bo'yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo'yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to'lanishi mumkin.
Shuningdek, bog'chalarga malakali tarbiyachilarni jalb qilish uchun 2024 yil 1 iyundan ularning ish haqi stavkalari maktab o'qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.
Malakali rahbarlar muhitini shakllantirish maqsadida hududlarda eng tajribali direktorlardan iborat "Direktorlar kengashi" tashkil etiladi. Endi maktab direktorlari lavozimga mazkur kengash tavsiyasi bilan ochiq tanlov asosida tayinlanadi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.