calendar 17 May 20:21
eye 53
comments 0
comments Manba: xs

60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani — mutlaqo yolgʻon va haqiqatga zid — Sogʻliqni saqlash vazirligi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Xitoydan katta miqdorda dori vositalari sotib olgani, tabletka koʻrinishidagi ushbu preparatlar yurtimiz boʻylab 60 yoshdan oshgan aholi vakillariga berilishi, ammo ular inson organizmi uchun xavfli ekani haqida mutlaqo uydirma va haqiqatga zid xabarlar tarqalmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Avvalo, shu kunlarda mamlakatimizga Xitoy davlatidan katta miqdorda dori vositalari olib kelingani haqidagi xabarlar mutlaqo yolgʻon.

Qolavera, bundan 2 yil avval yurtimizda koronavirus pandemiyasi ayni avj olgan ogʻir va murakkab davrda ham internet tarmoqlarida COVID-19 infeksiyasiga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalar toʻgʻrisida shu singari haqiqatga zid maʼlumotlar tarqatilgan edi.

Biroq oradan vaqt oʻtib, ushbu xabarlar mutlaqo uydirma ekani maʼlum boʻldi. Aksincha, vaksinalar aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirish, kasallikning oldini olish hamda pandemiyani toʻxtatishda muhim vosita boʻlib xizmat qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
378
0
xs.uz

Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi

Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani

18 Apr 11:07
 
26
0
xs.uz

Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi

Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057

21 Apr 08:34
 
26
0
xs.uz

Prezident raisligida iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.O'zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investitsiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko'paymoqda.Garvard universitetining tahliliga ko'ra, oxirgi besh yilda 'iqtisodiy murakk

15 Apr 07:05
 
26
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis