Romitanda “Vatanparvar” tashkilotining zamonaviy oʻquv muassasasi binosi va Qorakoʻlda esa avtodrom foydalanishga topshirildi


Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati
Buxoro viloyatining Romitan tumanida “Vatanparvar” tashkiloti Oʻquv sport texnika klubining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati xabar qildi.
Binoning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov, tashkilotning Buxoro viloyati kengashi hamda uning tasarrufidagi tuman va shahar oʻquv muassasalari rahbarlari, Romitan tumani hokimi Umidjon Barnoyev, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar.
Husan Botirovning taʼkidlashicha, ushbu innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan yangi bino aholi, ayniqsa, yoshlar haydovchilik va bir qator texnik kasblarni egallashlari hamda sportning texnik va amaliy turlari bilan shugʻullanib, muvaffaqiyat qozonishlari uchun imkoniyatlar maskani boʻlib xizmat qiladi.
Shuningdek, soʻzga chiqqan Romitan tumani hokimi U.Barnoyev Oʻquv sport texnika klubini zamonaviy talablarga mos ravishda barpo etib, aholi foydalanishi uchun topshirgan “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu ezgu ish tuman tarixida muhim voqea sifatida qolishini qayd etdi.
Tadbir ishtirokchilari yangi bino ichkarisiga taklif qilinib, ularga innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan, yiliga qariyb 1000 nafarga yaqin avtomototransport haydovchilarini tayyorlash quvvatiga ega sinfxonalar hamda yoshlar sportning texnik va amaliy turlari bilan shugʻullanishlari uchun moʻljallangan seksiyalarning xonalari koʻrsatildi.
Bundan tashqari, “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyati kengashi tasarrufidagi Qorakoʻl tumani Oʻquv sport texnika klubi negizida yangi qurib bitkazilgan avtodromning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tashkilot Markaziy kengashi raisi Husan Botirov va Qorakoʻl tumani hokimi Xurshid Tohirov ushbu zamonaviy avtodrom haydovchilik sirlarini puxta oʻzlashtirmoqchi boʻlgan minglab qorakoʻlliklar uchun asosiy amaliyot maskani boʻlib qolishini, negaki ushbu voqelik yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sari yana bir muhim qadam boʻlib hisoblanishini bildirdilar.
Mazkur amaliy mashq maydonidan “A”, “B”, “BC” toifalari boʻyicha haydovchilarni tayyorlash va “C”, “BE”, “DE”, “CE” toifalari boʻyicha qayta tayyorlashda foydalanilishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika
Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi
Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga
Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash
Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk